O‘zbekistonda mobil telefon ishlab chiqarish 3,9 marta oshadi

O‘zbekiston elektr texnika sanoati korxonalari 2019-yilgacha maishiy elektr texnikasi bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish uchun 153,4 million dollar yo‘naltiradi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan 2014—2018-yillarda elektr texnika sanoatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, hozirda amalda bo‘lgan maishiy texnika ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 24 ta loyiha amalga oshiriladi.

Dastur doirasida O‘zbekiston besh yil ichida televizor ishlab chiqarishni 4,6 marta (635 ming donagacha), mobil telefon chiqarishni 3,9 marta (1 million donagacha), sovitgich va muzlatkich ishlab chiqarishni 2,5 marta (600 ming donagacha) ko‘paytiradi.

Yangi maishiy texnika ishlab chiqarish Toshkentning “Algoritm”, “Foton”, “Motor zavodi”, Samarqandning “Sino” korxonalari bazasida, shuningdek, Navoiy, Jizzax va Angrendagi erkin iqtisodiy zonalarda yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan.

Dastur korxonalarning o‘z mablag‘lari (77,8 mln dollar), o‘zbek banklari kreditlari (36,2 mln dollar) va xorijiy investitsiyalar (39,4 mln dollar) hisobidan moliyalashtiriladi.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: mobil telefon, O‘zbekiston
Просмотров: 1662 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:07
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz