O‘zbekistonda soch ekish bo‘yicha ilk operatsiya o‘tkazildi

Respublika dermatologiya va venerologiya maxsus ilmiy-amaliy markazida ilk marta choksiz usulda soch ekish operatsiyasi o‘tkazildi. Ushbu operatsiya keng ko‘lamdagi tayyorgarlik ishlarining mahsuli hisoblanadi. Markazda ana shunday yirik operatsiyalarni o‘tkazishga imkon beruvchi eng so‘nggi asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi operatsiya xonasi tashkil etildi. Mutaxassislar bunday operatsiyalarni o‘tkazish tajribasiga ega jahonning mashhur tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tab keldi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar berdi.

“Bizning bu boradagi ilk ishimiz juda muhim qadam bo‘ldi. Yildan-yilga androgen kallikka duchor bo‘layotgan erkaklar soni oshib bormoqda. Androgen kallikning asosiy sababi gormonal balans buzilishi sanaladi. Hozirda bizga hatto yigirma yoshdagi bemorlar ham murojaat qilishmoqda. Aytish kerakki, yoshlarning erta kallikka duchor bo‘layotganligi ularning hayoti sifatining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham markazimizda androgen soch to‘kilishga qarshi soch ekish bo‘yicha ega operatsiyalarni o‘tkazmoqdamiz”,—deydi Respublika dermatologiya va venerologiya maxsus ilmiy-amaliy markazi direktori o‘rinbosari Ilhom Rahimov.

Bunday operatsiyalar jarayonida har bir soch tolasi alohida-alohida ekiladi. Bitta soch tolasini ekish jarayoni 3 bosqichdan iborat. Avvalo, donor soch tolasi ajratiladi. Keyin ekish uchun joy tayyorlanadi. So‘ngida esa ekilgan tolaning yangi joyga moslashtirish jarayoni olib boriladi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: soch ekish, O‘zbekiston
Просмотров: 2214 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:58
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz