“O‘zbeknavo”: Kerak bo‘lsa biz ham Tamilaning videoroliklarini ekspertizaga beramiz!


Avvalroq Tamilaning o‘zi bog‘liq gap-so‘zlarga javob videosi tarqalgani haqida xabar bergan edik. Unda xonanda behayo videoroliklarga aloqasi yo‘qligini va buni tasdiqlovchi ekspertlar xulosasini prodyuserlik markaziga taqdim etgani haqida aytgan edi. Biz ushbu masala yuzasidan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bilan bog‘landik.
Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Maxsus ruxsatnoma (lisenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i:

— Ochig‘i, siz aytayotgan videoni biz ham ko‘rdik. Qiziq, Tamilaligi yaqqol ayon bo‘lib turgan videoqahramonini qaysi ekspert boshqa odam, deya olarkin. Tamilaning prodyuseri u bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida birlashmani ogohlantirgan edi. Ekspertiza xulosalaridan esa bizning xabarimiz yo‘q. Agar Tamila shu yo‘l bilan lisenziyamni qaytarib olaman deb o‘ylayotgan bo‘lsa, xato qiladi. Videoni tomosha qilganlarga uning qahramoni Tamila ekani kundek ravshan.

— Tamila ekspertlar xulosasini birlashmaga taqdim etsa, uning lisenziyasi qaytariladimi?

— Yo‘q! “O‘zbeknavo”ning qarori o‘yinchoq emas. Kerak bo‘lsa biz ham Tamila bilan bog‘liq videoroliklarni ekspertizaga beramiz. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hech kimning lisenziyasini besabab olib qo‘ymagan va bunday bo‘lmaydi ham.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Tamila
Просмотров: 1222 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:03
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz