Shuncha tanqiddagi Tamilamizga Rossiya xaridor


Tasodif bilan Tamilaning og‘zidan uchib chiqqan zilzilalar bashorati taxmini ketidan rosmana zilzilalar keti tinmayotgandek)
Buni qarangki saytimizda xazillashib endi u TnTdagi "Bitva ekstrasensov" teleshousiga borsa kerak desak, qator internet nashrlari va qizig‘i ruslarning xam saytlarida o‘zbek xonandasi "Bitva ekstrasensov"ga kelar ekan deb yozishibdi. Endi bundan bizni kulganimizniku mayli qo‘ya turing, Tamila va uning ijodiy jamoasiku kulgudan ag‘anagandir ))  
Bu xam mayli, endi ruslarning "Mir" telekanalida Tamilaning "Zolim" gotik klipi aylanayotganini ko‘rib xayratlandik va uning prodyuseridan Tamilani ijodini ko‘proq tushunadigan auditoriya  miqyosiga tayyorlayaptimi deb surishtirdik.
-Yo‘q, "Mir" telekanalini o‘zidan qo‘ng‘iroq qilib Tamilaning "Zolim" klipini  yangi yil kechasida efirda qo‘yish uchun ruxsat so‘rashdi. "Tansuyut vse" (Xamma raqsga tushadi) teledasturida mdx davlatlaridagi eng yaxshi kliplarni efirga uzatishlarini aytishdi. Ikki yarim soatlik bu dasturda asosan ruslarning ViaGra, Ani Lorak, Yegor Krid, Timati, Vera Brejneva va xokazolar kliplari bilan birgalikda  Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Tojikistondagi ijodkorlarning eng yaxshi kliplari qatorida O‘zbekistondan faqat Tamilani shu klipini lozim topishgan ko‘rinadi qo‘yishdi. 
Ushbu dasturni yana 1 va 2-yanvar kunlari qayta efirga uzatishdi. Ko‘p vatandoshlar ko‘rishibdi va biz ko‘plab xatlar oldik.  Lekin bu taklif ularning o‘zidan chiqdi biz Tamilani  u yerga o‘zimiz tashabbusimiz bilan chiqarmadik-deydi xonandaning prodyuseri va "Maestro" kompaniyasi raxbari Agzamov N.   
Bir necha...yoki, deylik ayrim xonandalarimiz yuz ming dollarlab sarflab rus tvlariga "aylanish"ga xarakat qilayotgan bir paytda o‘zimizda tanqidlar ummonida cho‘kib   turgan Tamilaga teppa-tekiniga boqqan omadni  "Ana bo‘lmasam" va "Mana senlarga" degani shu bo‘lsa kerak a?)


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Tamila, Rossiya
Просмотров: 3898 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:01
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz