Tamila gudok o‘rnidagi ringtonlar reytingi cho‘qqisini egalladi

Beeline aloqa operatori "Mening musiqam” (gudok o‘rniga musiqa o‘rnatish) xizmati ringtonlarining eng ko‘p o‘rnatilgan o‘nligini taqdim etdi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.

Top-10 ga ko‘ra, quyidagi qo‘shiqlardan gudok o‘rnida ko‘p foydalanilgan:

1o-o‘rin: "Benom” — "Yurak yig‘lar”

9-o‘rin: Sanjar — "Paynet tomon”

8-o‘rin: Alisher Fayz — "Ko‘rishamiz”

7-o‘rin: "Ummon” — "To‘xta”

6-o‘rin: Lola — "Jonim, ayt”

5-o‘rin: "Ummon” — "Aytgin menga”

4-o‘rin: "Ummon” — "I’m a Disco”

3-o‘rin: "Bilayn” — "Yutib ol meni”

2-o‘rin: Ulug‘bek Rahmatullayev — "Meni kechir”

1-o‘rin: Tamila — "Yagonam”

"Mening musiqam” xizmati 2007-yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashtirish imkonini beradi.

Endilikda "Mening musiqam” sahifasidan musiqa xarid qilganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib olganda yoki sovg‘a qilganda u avtomat tarzda ishga tushadi.

Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham Beeline abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olishingiz mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda "yulduzcha”(*)ni bosish zarur. Shundan so‘ng telefonga SMS keladi. Agar o‘sha musiqani o‘rnatishni istasangiz, "Ha” so‘zi, istamasangiz, "Yo‘q” so‘zi bilan javob berishingiz kerak.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Tamila, gudok
Просмотров: 2184 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:26
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz