Tamila yana to‘ylarga chiqa boshladi


O‘tgan oyda internet tarmog‘ida tarqalgan videolar tufayli shov-shuv va muhokamalarni keltirib chiqargan xonanda Tamila yana to‘ylarda xizmat qila boshladi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Bir necha kun muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram’da xonanda “Men bo‘lmasam” nomli yangi qo‘shig‘ini “Tamila.uz” sayti orqali taqdim etayotgani haqidagi reklama bannerlari tarqalgan. “Qalampir.uz” sayti masalaga oydinlik kiritish maqsadida Tamila faoliyat yuritgan “Maestro” kompaniyasining ma’muri bilan bog‘landi.
Jurnalistning savollariga javob bergan ma’mur, Tamila yana prodyuserlik markaziga qaytganini va to‘ylarga ham chiqayotganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, Tamilaning Toshkentdagi bitta to‘yga borishi bahosi 1,5 million so‘mni tashkil etmoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, xonandaning prodyuseri Najot Agzamov u haqdagi savollarga javob berishni istamagan, Tamilaning o‘zi esa go‘shakni ko‘tarmagan.
Yanvar oyi oxirida internetda Tamila deb taxmin qilinayotgan qizning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalib ketdi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri u bilan hamkorlikni to‘xtatdi, “O‘zbeknavo” esa Tamilaning litsenziyasini tugatdi.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Tamila, To'y
Просмотров: 1488 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:48
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz