Tamila o'zini oqlamoqda, Yangi videolar tarqaldi...


Ijtimoiy tarmoqlar va messenjarlarda xonanda Tamilaning yangi  videoroliklari tarqaldi. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida  @tamila_rahmatova nomi bilan qayd etilgan sahifaga joylashtirilgan videoroliklar qo‘l telefonlari orqali yashin tezligida tarqalmoqda. Unda Tamila o‘zi bilan bog‘liq so‘nggi mish-mishlarga oydinlik kiritgan. 
 
“Behayo videoroliklarga hech qanday aloqam yo‘q. Bu haqida ekspertlarning xulosasini prodyuserlik markazimga ham taqdim etdim. Meni bunday vaziyatda qo‘llab quvvatlayotganlar o‘z minnatdorchiligimni bildaraman”, – deydi xonanda.
 
Toshkent ko‘chalarida mashina boshqarib ketayotgan Tamila men ayni damda sevimli shahrim Toshkentdaman, hech  qaerga ketganim yo‘q, deb so‘nggi vaqtlarda tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
 
Xonanda Tamilaning behayo videolari tarqalib ketishi vaji bilan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi unga berilgan lisenziyaning amal qilish muddatini 1 fevraldan e’tiboran to‘xtatgan edi.
 
Qiziq, Tamila prodyuserlik markazi bilan bir qatorda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi mas’ul xodimlariga ham videolavhalar qahramoni o‘zi emasligini isbotlab bera oldimikin?  Nahot, “O‘zbeknavo” uning lisenziyasini qaytarib bersa?... Bundan biroz avval tahririyatimiz xodimlari Tamila faoliyat yuritgan prodyuserlik markazi bilan bog‘langan edi. Go‘shakni ko‘targan ma’mur Tamila bilan munosabatlar butkul uzilgani, o‘rtadagi shartnoma ham bekor qilinganini aytgan edi. Tamila prodyuserlik markaziga taqdim etgan ekspertlar xulosasini OAVlarga ham havola etsa yomon bo‘lmasdi. Zora unga nisbatan ayblovlarga ekspertlar xulosasi nuqta qo‘ya olsa...
 
Darvoqe, 6 fevral kuni Toshkent shahridagi “Next”savdo majmuasida xonanda Yagonaning yangi musiqiy albomi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi. Tamila Yagona bilan bir prodyuserlik markazida faoliyat yuritgan. Shuningdek, ular dugona ham bo‘lgan. Ko‘ramiz, bugungi taqdimotda Tamila ham ishtirok etarmikin?  


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: behayo videolar, Tamila
Просмотров: 3417 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:23
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz