“O‘zbeknavo” xonanda Tamilaga litsenziyasi qaytarilishi shartini ma’lum qildi


“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov xonanda Tamilaga litsenziyasi qaytarib berilishi shartini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Tamilaning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuv messenjerlarda tarqalib ketgan, shundan so‘ng “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandaning litsenziyasini tugatgan edi.
“Behayo videolarning tarqalishi bizni ham g‘azablantirdi”, — dedi Odil Abduqahhorov.
“Tamilaga qo‘ng‘iroq qilganimda, ikkita videoning birida o‘zi ekanini tan olgandi. Keyin ‘O‘zbeknavo’ga chaqirtirganimizda, ‘videodagi men emasman’, deb turib oldi”, — dedi “O‘zbeknavo” vakili.
“Shunda videolarni ekspertizaga topshirib, undagi qiz o‘zi emasligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etsa, litsenziyasini qaytarishimizni ma’lum qildik”, — dedi Odil Abduqahhorov.
“Tamiladan tushuntirish xati oldik. Xonandaning og‘zaki gapiga ishonmaymiz, chunki videolarning birida Tamila aks etgani shundoq ko‘rinib turibdi”, — deya qo‘shimcha qildi “O‘zbeknavo” litsenziya bo‘limi boshlig‘i.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: O'zbeknavo, Tamila
Просмотров: 1373 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:52
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz