Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbariga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasining sobiq Raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasing amaldagi Raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shgan Szyan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi O‘zbekiston rahbarining maktubida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Shavkat, rahbariga, Xitoy, Mirziyoyev, ta’ziya, yo‘lladi
Просмотров: 168 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:41
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz