Xitoyliklar hali savdoga chiqmagan HTC smartfonini ko‘chirib olishdi

Xitoyning Goophone kompaniyasi o‘z saytida Goophone M8 smartfonini sotishni boshladi. Unwired View’ning yozishicha, u HTC M8 smartfonining noqonuniy nusxasi hisoblanadi. HTC smartfoni hali ommaga taqdim etilmagan, uning anonsini 2014-yil 25-martda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Taxmin qilinishicha, xitoyliklar HTC smartfonining tashqi ko‘rinishini internetga joylangan fotosuratlar va videolavhalardan bilib olishgan. Goophone qurilmasi asl telefon singari alyuminiy korpusga ega. Ekranning yuqori va pastki qismida radiokarnay "panjara”lari joylashgan.

Ta’kidlash joiz, telefonda asl nusxadan farqli jihatlar ham mavjud. HTC M8 da "Orqaga” ("Back”), "Uyga” ("Home”) va "Menyu” ("Menu”) tugmalari ekranning o‘zida bo‘lsa, xitoycha ko‘chirmada ular ekran pastida joylashgan. HTC’ning orqa panelida ikkita, Goophone’da esa bitta obyektiv mavjud.

Xitoy smartfoni 1920×1080 lik 5 dyuymli ekranga, 1 gigabaytli tezkor va 16 gigabaytli ichki xotiraga ega. Qurilma Android bazasida ishlaydi va 230 dollar turadi.

 



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: HTC, Xitoy, savdo
Просмотров: 1400 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:54
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz