Xitoyda 5,3 magnitudali zilzila sababli 20 mingdan oshiq kishi evakuatsiya qilindi

5-aprel kuni Xitoyning janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida 5,3   magnitudali zilzila yuz berdi. Tabiiy ofatda 20 dan oshiq kishi jabr ko‘rdi, uylar shikastlanganligi sababli 20 mingdan oshiq aholi evakuatsiya qilindi.

Provinsiyada 2700 ga yaqin bino shikastlangan, shulardan 70 dan ortig‘i butkul vayron bo‘lgan. O‘pirilishlar sababli ayrim yo‘llar ham qisman ishdan chiqqan. Ofat yuz bergan joyga qutqaruvchilar va insonparvarlik yordamlari jalb etilgan, evakuatsiya nuqtalari tashkil etilgan. Elektr ta’minotida yuzaga kelgan uzilishlar bartaraf etilgan.

Zilzila o‘chog‘i Siludu aholi yashash joyi yaqinida, 13 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Undan 15 kilometr uzoqlikda esa yirikligi jihatidan mamlakatda ikkinchi o‘rinni egallovchi gidroelektr stansiyasi joylashgan. Hukumatdan xabar berishlaricha, GES odatdagidek ishlamoqda.

 



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Xitoy, zilzila
Просмотров: 1208 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:59
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz