Toshkent kinoteatrlarida “Nuh” filmi namoyishi to‘xtatildi

Toshkent kinoteatrlarida rejissor Darren Aronofskining “Nuh” filmi namoyishi to‘xtatildi. Film namoyishi rejalashtirilgan Asia va Mega Cinema kinoteatrlari ushbu film taqdim etilmayotganini ma’lum qilgan bo‘lsa, Grand Cinema kinoteatri vakili film namoyishi bekor qilinganini bildirdi, deb yozadi “Kun” nashri.

“O‘zbekkino” matbuot kotibi Faxriddin Nizomovning ma’lum qilishicha, “filmlarni namoyishga etishga ixtisoslashgan hech bir yuridik shaxs ‘Nuh’ filmi namoyishi uchun tavsiya so‘rab, ‘O‘zbekkino’ga murojaat qilmagan. Tegishli hujjat olmay filmni namoyish etganlik uchun javobgarlik amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan”.

O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etiladigan har bir xorij filmi, u mamlakatga olib kirilguniga qadar film namoyishi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxs tomonidan film haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekkino” ekspert komissiyasiga taqdim etilishi kerak.

Avvalroq, O‘zbekiston OAV 27-martdan Toshkent kinoteatrlarida rejissor Darren Aronofskining dunyoni suv bosishi to‘g‘risidagi “Nuh” (Noah) filmi namoyishi boshlangani haqida xabar began edi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: toshkent, Nuh
Просмотров: 2386 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz