Matiz Rossiyadagi eng arzon avtomobil deb tan olindi

2014-yilda Matiz Rossiyada eng arzon avtomobil, deb topildi. Rossiyaning "5koleso” sayti ma’lumotlariga ko‘ra, bu mashina avval ham arzon hisoblangan.  Biroq joriy yilda "Lada” avtomobillari qimmatlashgani bois, Matiz eng arzon avtomobillar reytingida oldinga o‘tib oldi. 

Hozirgi kunda Rossiyada Matiz’ning eng oddiy modifikatsiyasi 6 812 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Shuningdek, "5koleso” saytida taqqoslash uchun boshqa avtomobillarning narxi ham berilgan:

"Lada Kalina II” — 8 315 dollar

ZAZ Chance — 8 315 dollar

"Lada Granta” — 7 281 dollar

"Lada Kalina” — 7 493 dollar

Lifan Smily — 8 133 dollar

General Motors Uzbekistan kompaniyasining rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Matiz avtomobilining O‘zbekistondagi bahosi 14 494 750 so‘mga teng. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2014-yil 4-martda e’lon qilgan valyutalar kurslari (1 AQSh dollari — 2 236,66 so‘m)ga ko‘ra, Matiz’ning narxi 6482 dollarni tashkil qilmoqda.



Категория: AVTO OLAM | Теги: Matiz, Rossiya
Просмотров: 3026 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:08
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz