Toshkentda kuzatilgan kuchli shamol avtomobillarni shox-shabbalar ostida qoldirdi


Toshkentda 12-noyabr, payshanba kuni erta tongda kuchli shamol kuzatildi. UZ24 xabariga ko‘ra, shamol oqibatida bir qator tumanlarda elektr simlarining uzilishi, avtomobillarning ustiga daraxtlarning ag‘darilishi kabi holatlar qayd etilgan.
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qoldirilgan fotosuratlarda kuchli shamol oqibatida daraxt shox-shabbalari ostida qolgan avtomobillarni, shuningdek, reklama bilbordlaridan biri yo‘lga ag‘darilganini ko‘rish mumkin.
Toshkentning ba’zi hududlarida kuchli shamol oqibatida uylarga zarar yetgani, xususan, tom qismlarining uchib ketgani haqida xabarlar bor.
Ma’lumot uchun, 12—15-noyabr kunlari davomida butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmoqda, jumladan, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qor yog‘ishi mumkin. Bundan tashqari, 14—15-noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab esadigan shamol tezligi soniyasiga 15—20 metrga yetishi mumkin.

 


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: toshkent, kuchli shamol, avtomobil, kuzatilgan, i shox-shabbalar, ostida qoldirdi
Просмотров: 2020 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:37
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz