Umumxalq xayriya hasharida 12 million o‘zbekistonliklar qatnashdi

15-mart kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hasharida 12 million nafardan ziyod o‘zbekistonliklar qatnashdi, shulardan 8 million nafardan ortig‘ini yoshlar tashkil etdi. Bu haqda "Mahalla” fondiga tayanib, "Gazeta” nashri xabar bermoqda.

Hashar davomida 28 ming gektardan ziyod maydonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 12 mingga yaqin maxsus texnika vositalarini jalb etish orqali 45 ming tonnadan ziyod maishiy va qurilish chiqindilari belgilangan joylarga olib chiqib tashlandi.

19 ming kilometrdan ortiq ariq-zovurlar tozalanib, 9 mingdan ziyod ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltirildi. 19 milliondan oshiq daraxtlarga shakl berilib, oqlandi.

Bundan tashqari, hashar kuni 9 million tup manzarali va 7 million tup mevali daraxt nihollari hamda 10 million tup gul ko‘chatlari o‘tqazildi.

Hashar kuni mahallalarda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sport inshootlari, guzarlar, bolalar maydonchalari foydalanishga topshirildi.

An’anaga ko‘ra, bu galgi xayriya hasharida ham keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarga mehr-muruvvat yordamlari ko‘rsatildi.

Hashar kuni O‘zbekiston bo‘ylab kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz qariyalar, nogironlarning 310 ming kvadrat metrdan ziyod hajmdagi turar-joylari ta’mirlab berildi. Ko‘makka muhtoj oilalar, nogiron va yolg‘iz keksalarga 3,5 milliard so‘mdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatildi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Umumxalq xayriya hashari, O‘zbekiston
Просмотров: 1090 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz