Bu muchal sohiblari o’zlarining yoqimtoy, jozibali, ochiqko’ngilliklari bilan boshqalardan farq qiladilar. Chiroyli kiyinishni, mehmon kutish va mehmonga borishni, to’y-hashamlarni xush ko’radilar. Seva olish qudrati tufayli har qanday qiyinchilikni yengadilar.
Ularning bitta yomon tomonlari shundaki, o’zlarini spirtli ichimliklardan, shirin taomlardan tiya olmaydilar. O’z fikrlarini birovga yoqsa-yoqmasa ochiq-oydin aytaveradilar, hatto yuqori lavozimdagilarga ham ochiqdan-ochiq tanqidiy "hujum" qiladilar. Shartaki bo’lganliklari uchun ham o’z boshlariga ko’p g’avg’olar orttirib turishadi. 
 Bu muchal sohiblarining kayfiyati tez-tez o’zgarib turadi. Albatta, bu holat ularning suhbatdoshiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Agar u jilmaygudek bo’lsa, qarshisidagi har qavday bag’ri tosh odamning ham chehrasi yorishadi. Ular go’zallik shaydosidirlar.
ERKAKLAR.
 Bu muchal sohibi sevgi bobida juda kuchli bo’ladi. Uning atrofida doim chiroyli qizlar, ayollar bo’ladi. Unda ikkilanish hissiyoti doim har qanday keskin vaziyatlarda ham ustun keladi. Masalan, sizga sovchi qo’yishga qo’yib, ota-onangazning roziligini olsa hamki, "uylansammi yo yo’qmi" degan o’y uni tark etmaydi. Ammo sizni sevsa undan qutulush qiyin... 
Ushbu muchalda tug’ilgan erkaklar hech qachon ayollarga bo’lgan mehr-muhabbatini so’ndirmaydilar. Sevgilisi aldagudek bo’lsa, ko’p aziyat chekmaydi, aksincha, u sizni tez kunda unutib yuboradi. Hayotda o’z juftini topish u uchun juda qiyin kechadi.
U sizning sirlaringizga uncha qiziqish bildirmaydi. Hatto ko’z oldida nimalar sodir bo’layotganiga ham aqli etmay qoladi. Lekin atrofida sodir bo’layotgan voqealarni doim "ma’qul" va "noma’qul"ga chiqaradi.
U shovqin-suronni yoqtirmaydi. Agar siz uyingizni va o’zingizni sarishta tutsang’iz, bir kunmas bir kun eringizning eng olijanob insonligini tushunib etasiz.
AYOLLAR.
Nihoyatda chiroyli va jozibalidir. Bu ayol bilan bir marta suhbatlashgan kishi bir umrga tatiguvchi saboq olganday bo’ladi. Aslida ham shunday. Garchi bu muchal ayoli maslahat berishni yoqtirmasa-da, ko’p narsaga aqli etadi. Bu aslida hech kimda uchramaydigan ajoyib xususiyat bor: maslahat qilishni yoqtiradi.
Bu muchalda tug’ilgan ayolning katta lavozimlarda ishlashga tug’ma layoqati bor. Hayotdagi keskin o’zgarishlar, taqdirning ayovsiz zarbalari uni sirayam esankiratib qo’ymaydi. U faqat maqsad sari intilib yashaydi. Ba’zida shunday holatlar bo’ladi-ki, har narsaga aqli etgan ayol birdan eng oddiy narsalarga go’yo tushunmayotgandek atrof-dagilarning jig’iga tegib savollar yog’diradi. Bunday paytlarda unga qarshi biron so’z aytgudek bo’lsangiz naqd baloga qolasiz. Chunki bu ayol aql bovar qilmaydigan aqidalarni hayotga tatbiq etish mumkinligini isbotlab bera oladi.
Oilada asosiy o’rinni u egallaydi. Ammo turmush ikir-chikirlarining deyarli hammasi shu ayolning elkasida bo’lsa hamki, umr yo’ldoshini juda hurmat qiladi, o’zidan yuqori qo’yadi. Pul jamg’arishni va iqtisod qilishni biladi. Arzimagan miqdordagi maoshga ko’p narsa xarid qila oladi.Bolalari hamma qatori yashashadi. Bu ayol bolalariga ham, o’ziga ham chiroyli kiyimlar xarid qila oladi. Uyi esa orombaxsh makon! Oilada har narsaga ulguradi, saranjom-sarishta beka, bolalariga qattiqqo’l, mehribon ona.
Bu ayol bolalarini jon-dilidan sevgani uchun ham ularning arzimagan xarxashalari sababini erinmay aniqlaydi. Qizlari qatori o’g’illariga ham uy yumushlarshga bo’lib beradi. Lekin asosiy yumushlar o’zining zimmasida. Bu muchal sohibasining xotirasi juda mustahkam. Hatto boshqalarning e’tiboridan chetda qoladigan narsalarga ham diqqat bilan qaraydi. U sizni ko’pchilik oldida aslo qiyin ahvolga solib qo’ymaydi. Shuni bilingki, u eng sohibjamol va aqlli ayoldir!
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 6573 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Aqlli, qaysar fe'lli. U muchallar orasida ham ma'nan, ham eng sabrli, jismonan bardoshli va chidamlisidir. Kamgap, kamsuqum, izzattalab. Davr haqiqati bilan yashaydi, ishni ishtiyoq bilan bajaradi, o'z qadrini biladi. Omad uni qadam-baqadam, pog'onama-pog'ona boshlaydi. Mislsiz chidam va o'jarlik bilan g'ovlarni yengib boradi.

"Tog' echkisi"ni hech narsa gangatib qo'yolmaydi va o'z yo'lidan qaytarolmaydi. "Tog' echkisi"ni hamisha birinchi bo'lish va izzat-nafsini qondirish mumkin bo'lgan jamiki sohalarda uchratish mumkin. Ular o'zlariga e'tiborni qaratmaydilar. Hatto dastlab ularni payqamaysiz ham. Musobaqada g'olib chiqish uchun "Tog' echkisi"da hech qanday imkoniyat yo'qdek tuyuladi. Ammo, marraga va ayni zamonda g'alaba shohsupasiga ham birinchi bo'lib u etib keladi. U bilan olishish amalda behuda va befoydadir.
"Tog' echkisi" yuksalish yo'lida o'zidan o'zib keta oladigan har bir odamni chuqur hurmat qiladi.U muvaffaqiyatni, izzatni, hukmronlikni ulug'laydi va an'analarni qadrlaydi.O'zini ko'ra olmasliklariga, olifta yoki ikkiyuzlamachi,deb atashlariga parvo ham qilmaydi.
"Tog' echkisi" duiyoqarashlarini o'ylamasdan aytib yuborib, keskin tanqidiy fikr bildirsa-da, dushman orttirib qo'yishdan donolik bilan saqlana oladi. Ko'p hollarda u sizning fikringizga qo'shilgandek tuyuladi, bu ko'rinishdangina shundoq. "Tog' echkisi" zimdan otiladigan toshlar va to'siqlardan juda ehtiyorkorlik bilan yutib ketadi va shu bois ham kamdan-kam qoqiladi. Ularning ko'zlari yulduzlarga emas, to'g'riga - yo'lga qadalgan. Oyoqlari ham erda musgahkam turadi. Rashk, ehtiros, qiziqqonlik, dangasalik va beg'amlik - bularning hammasini "Tog' echkisi" maqsad yo'lidagi to'siq, deb xisoblaydi, mayli boshqalar shularga giriftor bo'lib qolaversinlar. U bunday odamlarni oson tushunishi ularning muvaffaqiyatsizligiga achinishi va yana o'z yo'lida xotirjam ketaverishi mumkin. Albatta, xayolparast "tog' echki"lari ham bor. Ammo ular ehtiros ko'zlarini ko'r qilishiga yo'l qo'ymaydilar.
"Tog' echkisi" sizni hurmat qilishini xohlasangiz shart-sharoitlarga rioya qilishingizga to'g'ri keladi. U hech qachon oshkor sahnalar uyushtirmaydi va o'z hissiyotlarini namoyon etmaydi. U albatta, o'z ajdodlarini va kattalarni hammadan yuqori qo'yadi. Yoshga va tajribaga hurmat -unga xos xislatlarning biri. Ko'pincha qariganida yoshligida ulgurmagan ishni bitkazishga urinadi. "Tog' echkisi jamiyatda mavqe'ga ega bo'lmagan odamni suyib qolishi extimoldan yiroqdir. U o'ylamay-netmay turmush quradiganlar toifasidan emas. Aksincha, uzoq va sinchkovlik bilan unga tayyorlanadi. Qarindoshjonligi tufayli unga tug'ishganlaridak qandaydir meros qoladi.
Siz uning bu hislatlarini ta'magirlik ilinjidagi muomala, deb aytishingiz mumkin. Ammo Tog' echkisi tanangizga yelka qisib qo'ya qoladi: chunki u tabiatan shundoq samimiy va beg'araz. Imkoniyat uchun bu muchalda tug'ilganlarning eshigini uzoq taqillatib turishga tug'ri kelmaydi. Go'yo u hamisha shu imkoniyatni kutib turadi.
Bu muchaldagilar bolaligada nimjonroq bo'ladi. Ammo vaqt o'tishi bilan ularning kasallikka qarshiliga ortib boradi. Tabiatan hushyorlik va uzoqni ko'ra bilish uning chidamini charhlaydi. Lekin shunga qaramay, ular xar doim ham shifoxonalar va shifokorlardan qochib qutilol maydilar. Chunki qo'rquv va bezovtalik mikroblardan ham xatarlidir. Har qanday yordam, shifo, taskin-tasalli ruhan cho'kish xavfining oldini ololmaydi.
Bu muchalda tug'ilganlar juda ko'p vaqtlarini ochiq havoda o'tkazishlari va o'zlarida yashash ishtiyoqini oshirishlari lozim. E'tibor bergan bo'lsangaz, Tog' echkilarining deyarli barchasining terilari ta'sirchan bo'ladi. Shuningdek, oshqozon kasaliga chalinish ehtimoli bo'lib, eng zaif joylari suyak va bo'gimlar hisoblanadi. Xayolparastlik oqibatida bosh og'rishi, buyrak xastaliklari va ruhiy kasallikka chalinishlari mumkin. Mabodo, o'z ruhiy holatlaridan kelib chiqqan uzoq muddatli kasallikdan xalos bo'la olsalar, juda uzoq umr ko'radilar.
 
ERKAKLAR.
 
Bu muchal sohibi jur'atsiz, shu bilan birga juda kuchli hamdir. U yolg'izlikni afzal ko'radiganday tuyuladi, aslida esa unday emas. Ko'pincha uni tushunish qiyin bo'ladi. Ba'zida kutilmaganda ba'zi bir xatti-xarakatlari bilan sizni hayratga solishi mumkin."Tog' echkisi" hech qanday maqtovlarsiz ham tinch yashayotganday ko'rinsa-da, biroq u o'zini, go'zal, qaddi-qomati kelishgan, aqlli deb maqtashlarini juda-juda istaydi. Lekin sirtdan bu narsa namoyon bo'lmaganliga uchun ham uni kamdan-kam maqtashadi.
Uning onasini haqorat qila ko'rmang, sizga yoqmagan taqdirda ham qarindoshlariga sovuq muomalada bo'lmang, bu hol yaxshi oqibatga olib bormaydi, u sizni aslo kechirmaydi.
Bu muchal sohiblari boshqa erkaklarga nisbatan kechroq sevishadi. Ular qat'iy bir qarorga kelmaguncha uylanishmaydi. Ular tanlagan ayol-mehribon ona, ajoyib uy bekasi,did bilan chiroyli kiyinadigan,aqlli va yaxshi tarbiyalangan bo'lishi kerak. Bu muchal sohiblari bolalarni juda sevishadi. Bolalari unga hurmat bilan qarashlarini va so'zsiz itoat qilishlarini talab qiladi. U ham bunga javoban bolalariga mehribon va o'z manfaatlaridan ham kechadi.
 
AYOLLAR
Bu muchal sohibasi o'ziga xos xususiyatga ega: yoshi ulg'ayishi bilan uning go'zalligi oshib, jozibali bo'lib boradi. 35 yoshga kirganida 18 yoshdaligiga nisbatan ko'proq erkaklarga yoqadi. Lekin hamma ham uning ko'nglini topavermaydi."Tog' echkisi"  ayolining hislatlaridan biri  yaxshi tarbiya ko'rganligi va o'zini tuta bilishidir.
Bu ayol ajoyib jozibadorligi, go'zalligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Lekin uning o'zi bundan shubhalanib yuradi. Doim unga go'zal ayol ekanligini ta'kidlab turish kerak. Unga uylangan erkak uning oila a'zolarini ham o'z zimmasiga oladi. U qarindosh-urug'lari va yaqinlariga nisbatan juda mehribon, ajoyib uy bekasi, go'zalllikni hamda tabiatni sevadi.Bu muchal sohibasi bolalarni sevadi va ularning tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi. Ular totuv yashashadi.
Uning terisi ta'sirchan bo'lganligi uchun ham ko'p bo'yanavermaydi. Lekin tabiat unga boshqa ayollarga nisbatan uzoq yillar davomida saqlanib qoladigan tabiiy go'zallik ato etgan. U o'ta qaysar. Lekin hech qachon qiyinchiliklardan nolimaydi.U sizni muvaffaqiyat qozonishga undashi va shu bilan birga mehr ko'rsatishi mumkin. Nozik xislat egasi bo'lishiga qaramay, u sizni qanday qilib laqillatishni ham yaxshi biladi.
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 6898 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)

UMUMIY TA'RIF:
Bu muchal sohiblari juda ochiqko'ngil, sezgir va xayolparastdirlar. Bu odamlar atrofvdagilarga g'alati va tushunarsiz ko'rinishadi."Qisqichbaqa" xushchaqchaqligi bilan boshqa muchal sohiblaridan ajralib turadi.
Yoq, u o'ta xushchaqchaq odam emas, shunchaki bosiq va ta'sirchan, xolos. Ular "tabiat"idagi ishonchsizlik, xavfsirash tufayli ham buyuklikka intilmaydilar. Shuningdek, istamaydilar ham."Qisqichbaqa"lar ko'pincha yolg'izlikni yoqtiradilar. Ularni salgina e'tiborsizlik, beparvo nigohingiz bilan ham xafa qilib qo'yishingiz hech gap emas. Bu muchal sohiblarining hissiyotlari shu qadar kuchliki, kayfiyatlari beixtiyor sizga ham ta'sir qiladi .Shuning uchun ko'pgina ruhiy ta'sirlovchilar shu muchal sohiblaridirlar.
 
"Qisqichbaqa"lar sir saqlashni uddalaydilar. Ularning xayollariga kirib borish qiyin, chunki "Qiqichbaqalar"lar o'z sirlari, orzu-umidlarini doimo begona ko'zdan asraydilar. Ular o'z xayotlari haqida gapirishni yoqtirmaydilar. Muchal sohiblari o'z uylarini juda sevadilar, o'z uyidan boshqa hech qayerda o'zlarini erkin his eta olmaydilar. Ular suvni jon dildan xush ko'radilar. Ularni ko'pincha ko'krak qafasi, tizza, jigar, shuningdek, bosh og'riq, oshqozon va boshqa ovqat hazm qilisha'zolari dardi bezovta qilib turishi mumkin. "Qisqichbaqa"larning kasal bo'lishlari ham, tuzalib ketishlari ham shaxsiy kechinmalari va kayfiyatlariga bog'liq.
Pul jamg'arish muchal sohiblarining sevimli mashg'ulotlari. Nonko'rlikni yomon ko'radilar, shuning uchun ularni-kida mehmon bo'lganingizda kosangizdagi ovqatni oxirigacha yesangizgina uning ko'ngli ko'tariladi. Ular bolalariga juda mehribondirlar.
 
ERKAKLAR.
Bu muchal sohibining kayfiyati o'zgaruvchandir. Hozirgana kulib, xushchaqchaq kayfiyatda o'tirgan odam bir daqiqaning o'zidayoq indamas, jiddiy, xayolchan kishiga aylanadi. 
Agar "Qisqichbaqa" sevsa, uning xavsirashi yanada ortadi. Chunki u sevgisini yoqotib qo'yishdan juda-juda qo'rqadi. Shunday paytlarda siz unga dalda bo'lishingiz, ko'nglini ko'tarishga harakat qilishingiz kerak. 
 
Hayotingiz davomida har qanday qiyinchiliklarga, to'siqlarga duch kelishi mumkin, ammo iqtisodiy tomondan sirayam kam bo'lmaysiz. Chunki "Qisqichbaqa" pul topish yo'llarini yaxshi biladi. Chunki yoshlikdan bunga qiziqadi. "Qisqichbaqa" sizga arzon kiyim olgandan ko'ra, qimmat, chiroyli, qulay va ko'pga chidaydiganidan olishni afzal deb biladi. Ko'pincha u sizga:"bugun juda bo'yanib olibsanmi, nima keragi bor, mening onam sendayligida tabiiy go'zal edi", "Shuni ham sotib oldingmi, onam har qanday shirinlikni o'zi pishirar edilar", deb sizni ranjitsa-da, u sizdan qo'lingizdan kelmaydigan ishni talab qilmaydi. "Qisqichbaqa" ajoyib otadir. U bolalarni juda sevadi, o'g'illari bilan faxrlansa, qizlarini tish-tirnog'i bilan himoya qiladi, garchi farzandlariga hush kelmasa-da, ular bilan bir umr birga bo'lishni istaydi. 
 
AYOLLAR.
U muloyim yo qiziqqonmi buni hech qachon bila olmaysiz. Ammo u qanday holatda bo'lsa, sizga ham ta'sirini ko'rsatadi. Ayol "Qisqichbaqa"lar oqshom oy chiqqanda butunlay boshqacha bo'lib qoladi. U tanqidni ko'tara olmaydi, shuningdek, ko'pchilikning orasida izza bo'lib qolgudek bo, xo'rlikka chiday olmay davradan chiqib ketishi mumkin. 
Uning onasi bilan ham, albatta, yaxshi munosabatda bo'ling, "Qisqichbaqa" onasini xafa qilgan odamni bir umr yomon ko'radi va o'ch olish uchun qulay vaziyatni kutib yashaydi. "Qisqichbaqa" ayolning "men unchalik chiroyli emasman, men u qadar yosh emasman, men aqlli emasman" degan gaplaridan zerikishingiz mumkin. Bunday paytlarda iloji boricha o'zingizni tuting. U sizni sevganidan va yo'qotib qo'yishidan qo'rqadi. Bu ayol qiyinchilikka tushib qolsa ko'p yig'laydi, ammo sabr-toqat bilan hammasining o'tib ketishini kutadi. U o'z sevgasi uchun qurbon bo'lishga ham tayyor. Siz uni tashlab ketishingiz mumkin, ammo ertami-kech yana ortingazga qaytasiz. Chunki siz uchun undan ham yaxshiroq, undan ham go'zalroq, undan ham aqlliroq ayol yo'q dunyoda.
Salbiy xislatlari: öta ta'sirchan, shubhachi, beriluvchan, xasis,qörqöq.
Unsuri: Suv
Baxtli raqami: 2.
Astrolog ramzi: qisqichbaqa
Astrolog rangi: och binafsharang, kumushrang, to'q sariq rang
Yoqtirgan va unga hamisha yo'ldosh bo'lgan toshlar:  opal (bezak buyumlariga ishlatiladigan mineral - billur.)
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 6862 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Bu muchal sohiblari odamshavan-daliklari, do’stona munosabatlari, to’g’riso’zliklari bilan boshqalardan ajralib turishadi. Ular birdan qattiq gapirib, bir oz ranjitib qo’yishlari mumkin. Lekin aslida beg’araz, ko’ngillari oq bo’ladilar. Bunday paytda ulardan xafa bo’lmang, chunki yomon niyatlari bo’lmaydi; Ular juda aqlli, samimiy bo’ladilar.  
 O'qotarlar xuddi olti yashar boladek dili pok va soddadil bo’ladi. Ular tinib-tinchimaydi, hayvonlarni, sportni sevishadi, xavf-xatardan qo’rqmaydi. Doimo xursand bo’lib yuradi, ortiqcha takallufni yoqtirmaydi, qiyin ahvolda qolganda ham birovga madad tilab yalinmaydi. Nopoklikda ayblashlariga chiday olmaydi. 
O'qotarlar ayniqsa ularni insofsizlikda ayblashganda toqat qilisholmaydi.Mabodo birov bilan janjallashib qolsa uzr so’rashga harakat qiladi. Safarni yaxshi ko’radi. Xuddi yosh bolaga o’xshab hayot qiyinchiliklariga parvo qilishmaydi, lekin mas’uliyatni sezadi.
Bu muchalda tug’ilganlarning ko’pincha jigari, oyog’i va qo’llari kasallikka uchraydi. Sportda shikastlangudek bo’lsa ham kasalxonada ko’p yotmaydi. Kasallikni engishga harakat qilib, tez orada sog’ayib ketadi. O'qotarlar ertaga bugungidan ham yaxshi bo’ladi, deb umid bilan yashaydi. Birorta ayolga bir ko’rgandayoq oshiqi beqaror bo’lib qoladi, lekin darrov ko’ngli soviydi xam. 
O'qotarlar nuqsoni — ichkilikni yaxshi ko’radi. Sir saqlashni bilmaydilar. Ammo har qanday og’ir vaziyatdan osonlik bilan chiqadi. Xotirasi aql bovar qilmaydigan darajada yaxshi bo’ladi. Ismlar, kunlar, raqamlar va ikir-chikirlarni juda yaxshi eslab qoladi. Lekin pal’tosini qaerda qoldirganini eslay olmaydi. Sahiy qalb va xushchaqchaq. Doimo maqsadiga erishadi. 
ERKAKLAR.
Bir xillari bosiq, o’ylab gapiradigan bo’ladilar. Yoqimtoy, xushchaqchaq, kuch-g’ayratli, mard bo’ladilar, ayollarga yoqadilar. Boshqalari olim, siyosatchi, dono bo’ladilar. Ular ham doim nohaqliklar bilan kurashib yashaydilar. Xushchaqchaq, odamoxunligiga qaramay, o’ylagan narsalariga erisha olmay ma’yus yuradilar.
Erkak — O'qotarning g’alati odatlari odamni taajjubga soladi. U hammaga ishonadi, soddadil bo’ladi. Xayolpa-rastligi ham bor. Imkon boricha maqsadiga erishishga harakat qiladi.
U nohaqlikni yomon ko’radi, taqdir zarbalaridan darrov o’ziga keladi. U chin dildan beg’araz maslahat, tanbeh beradi.
Aybi, o’ylamay ish qilib qo’yadi, e’tiborsizligi ham bor. Xuddi kamon o’qidek to’g’ri, o’ylaganini gapiradi. U uylanadi, lekin ehtiyot bo’lib muomala qilib yashamasangiz, turmushingaz buzilib ketishi hech gap emas. Tamomi chiroyli ayollarga qarab to’ymaydi, lekin uni rashk qila ko’rmang. O’ziga qo’yib qo’ying. Ortiqcha savollar bermang, tashlab ketaman deb qo’rqitmang. Bolajon, ayniqsa bolalari kattaroq bo’lganda parvona bo’ladi. Ko’proq o’g’illariga mehri baland bo’ladi. Sizni qanchalik koyimasin, dilingizga ozor bermasin, bir kuni kelib, hammadan ham sizni sevishini aytadi.
AYOLLAR.
Bu muchalda tug’ilgan bir guruh ayollar harakatchan, to’g’riso’z, sportchi bo’lib, oilaviy hayotga juda qiyinchilik bilan moslashadilar. Boshqalari go’zal, aqlli, nazokatli, san’at shaydosi, kitobsevar bo’ladilar. U dilingizdagini topib gapiradi.
O’zining hissiyotlarini ochiqdan-ochiq aytavermaydi. Issiq istarasi, shirinso’zligi bilan mahliyo qiladi. Hech qachon yolg’on gapirmaydi. Tinib-tinchimaydi. Himoyaga muhtoj bo’ladi. Buyruqqa toqati yo’q. Dilidagi tiliga chiqadi. Ruhan birdan sizni sevib qolib, ich-ichidan o’rtansa ham buni bildirmaydi. Birovga ham yorilmaydi.Judahalol, pokiza, saranjom-sarishta, ta’mli ovqat, bejirim kiyimlarni, safarni yaxshi ko’radi, pulga, davlatga xirs qo’ymaydi. U vijdonli, halol erkakni yaxshi kuradi. Farzandlariga juda mehribon. Mehmondo’stlikda ularga teng keladigani bo’lmaydi. Qalbi juda nozik. Ayollik latofati doim mujassam bo’ladi. U eriga sadoqatli bo’ladi, ishonadi va qattiq sevadi.
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 5895 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)

Javzo - lotincha Geminus, ya'ni "Egizaklar" degan ma'noni bildiradi. Fors tilida bu yulduz turkumini odatda "Dupaykar" deb atashadi. Qadimgi bobilliklar bu yulduz turkumini "Buyuk egizaklar" deb atashgan. Yunonlar esa ikki yorqin yulduzni Zevs o'g'illari nomiga atab Kastor va Polidevk deb nomlashgan. Kastor o'ldirilganda uning akasi Zevsga umrboqiylikdan halos etishini so'raydi. Shunda zevs ularni ikkalasini Osmonga olib chiqib qo'yadi. Burjning shakli ilarning bir-birini quchib turgan qo'llariga o'hshatiladi. Tasviriga ko'ra ularni "Burjlar kapalagi" deb ham atashadi.
Ruhiylik, harakatchanlik, shartsizlik. Kapalak Ruhiy holat, serharakat va biror bir qonuniyatsiz uchadi. Hayolot va amaliyot tezligi. Merkuriy - sulh va suhbatlar, fikrlash homiysi. shu sababli Javzo fikrlashga dosh beradi, turkumlaydi. Aloqada so'zga va fikrga tayanadi. Til uning uchun katta ahamiyatga ega, u tilning faoliyatini va chegarasini belgilaydi. Hayollar biridan ikkinchisiga sakraydi, so'z esa bir yerda langar tashlab turadi. Notiqlik xislatlariga ega. Bilimga oshiqadi. O'qishga tashna, shuning uchun u oson o'rganadi. Javzoning kashfiyotchiligi va tasavvuri odatda ularga yozuvchilik iqtidorini beradi. Ko'p hollarda ulardan tajribachilar va tanqidchilar yetishib chiqadi. Javzo uchun bilim olish juda muhim, aks holda uning hulqi buzilib, atrofdagilarga xalaqit beradi. Yahshi ta'lim olgan Javzo yoqimtoy va madaniyatli. Javzoning qiziqishlari turli-tuman bo'lgani ma'qul. Uning o'zini tutishi ayni paytdagi kayfiyatiga bog'liq. Omadsizliklarda qayg'uga tushadi. Og'ir sharoitlarda o'zini yo'qotmaydi, u doimo haqqoniylikni aniq ko'rib turadi. Uning kashfiyotchiligi hurmatga loyiq. O'z g'oyalarini amalga oshirishni yoqtiradi. Doimo hammaning diqqat markazida: chiroyli suhbat quradi, hamma narsadan ogoh, so'zamol, nozikta'b. Bir joyga yoki bir kishiga bo'g'lanib qolishni yoqtirmaydi. Ular xo'jalik va uy ishlaridan yiroq insonlar. O'ta qiziqqonlik, doimiy ruhiy tajriba qidirish, sayohatlar va o'zgarishlar unga hamroh bo'ladi. Moddiy boyliklarga uncha hushi yo'q bo'lsa ham, Javzo boylikni hokimiyat va ozodlik uchun kerakligini biladi. Shunday ekan, boylikdan voz kecharmidi?
Agar Javzo bilan suhbatlashayotganda ko'zingizga ikkitadan ko'ra boshlasa, okulist oldiga shoshilmang. Chunki egizaklarda ikkiyuzlamachilik bor. Ular tuyqusdan nafaqat ish joyini, yoki kiyimini, balki yoqtirgan insonlarini ham almashtirib turadilar. Tezkor Merkuriy tomonidan boshqarilayotgan Javzo huddi Yuliy Tsezar kabi bir vaqtning o'zida bir nechta ishni uddalaydilar. Deyarli barcha Javzolar chet tillarni yoqtiradilar, ayniqsa Farang tilini. Ular qoyilmaqom notiqlar. Ulardan omadli dallol yoki savdo agentlari chiqishi mumkin. Javzo ba'zida yolg'on gapirib qo'yishi mumkin, lekin bu haqiqiy yolg'on emas, balki tasavvur o'yini holos. Egizaklar jinoyat so'qmog'iga kamdan-kam qadam bosadilar, odatda qonunga amal qiladilar. Barcha may-iyun oylarida tug'ilgan insonlar o'zlarining haqiqiy niyatlarini butunlay sir saqlashga qodirlar. Hut (Baliq) burjidagilar kabi o'z istaklariga qarama-qarshi borish ularning qonida bor. Shu sababli ham ulardan qiziqqon siyosatchilar, yahshi xamsoyalar chiqishi mumkin. Ko'pgina Egizaklar mahoratli adabiyotshunos bo'ladilar, lekin ular avtobiografiya, memuar, ayniqsa shaxsiy xatlar yozishdan qochadilar. Chunki, ularning kecha yozgan fikrlari bugun yozayotgan fikrlariga mutlaqo zid kelishi mumkin. Ular kitobni juda tez o'qib chiqadilar, lekin shunisi qiziqki, Javzolar kitob yoki ro'znomani teskarisidan varaqlash odatlari ham yo'q emas.
Javzolar hushbichim, chaqqon va balandroq bo'yga ega bo'ladilar. Ba'zilari chiroyli to'q jigarrang, ba'zi Merkuriy farzandlarida esa go'zal moviy, kulrang yoki yashil ko'zlar sohibidir. Terisi yorqin rangda, lekin oftobda juda tez qorayadi, sochlari esa yorqin yoki tim qora. Ayollarda ham, erkaklarda ham peshonalari keng bo'ladi. Faqat ular sog'lig'iga alohida e'tibor bermasalar oshqozon-ichak yoki o'pka kasalliklari kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari bod (revmatizm), artrit va migrendan azob chekadilar. Sizga g'ayritabiiy tuyulishi mumkin, lekin may va iyun oylarida tug'ilgan Javzolarning asabi ishdagi muammolardan emas, balki bekorchilikdan, zerikishdan ko'proq buziladi. Ular doimo nimagadir, shuxratga, boylikka, muhabbatga, yana nimalargadir erishishga intiladilar.
Muhabbat ayollarga og'ir damlarda suyukli yoriga suyanganlik, himoyalanganlik hissini tug'diradi. Lekin Javzo-erkaklar uchun bu hislar ta'luqli emas. Agar erkak javzoni tolqon yeb, suvga jo'natsangiz, ishonavering, u tez orada qaytib kelmaydi! Siz uning qayerga ketganini bilmaysiz, lekin, shunisi aniqki, siz inung ikkiyuzlamachiligidan sira aziyat chekmaysiz. U sizni aslo zeriktirmaydi. Faqat, unga turmushga chiqishdan oldin o'ylab ko'ring: Kelajagi noma'lum, o'y hayollari asal oyi tugamasdanoq tubdan o'zgarib qolishi mumkin bo'lgan insonga ko'nika olarmikansiz? Shunga qaramay, Javzoga bo'lgan muhabbat quvonchli damlarga boy bo'ladi, faqat uning qalbiga zabt etishga urinmasangiz bo'ldi. Uni zeriktirmaslikka, atrofda bo'layotga ishlarga qiziqtirishga intiling, ayollik nafosatingiz aqlingizni o'girlamasin. Balki shunda siz Javzo-erkak bilan bir umr baxtli hayot kechirarsiz?! Faqat yana bir narsa: unga yuda o'rlashib qolgan kalamush emas, balki o'zi kabi ziyoli turmush o'rtog'i kerak.
Javzolarni rashkchi deya olmaymiz. Ba'zida Egizaklar birgina nikoh bilan cheklanmaydilar. Chunki, uldagi shaxs ikkiligi ikki xotinni talab qilishi aniq. Lekin aqli hushi erinikidan kam bo'lmagan ayol erining hiyonat qilishidan qo'rqmasa ham bo'ladi. Faqat hech qachon uni zeriktirmasa bo'lgani.
Merkuriylik otalar farzandlarini ko'p erkalatadilar, ular bilan tez chiqishadilar, do'stlashadilar. Maktabgacha ularga ko'p narsani urgatadilar. Lekin tarbiya borasida, yahshisi onalari shug'ullanganlari ma'qul, chunki bunday otalarning o'zi tarbiyaga muhtoj bo'ladilar.
Javzo - Kasbiy faoliyatyatida
Javzo-rahbar biror bir firmaning eng yuqori amal kursisini egallash uchun ataylab yaratilganday! Lekin Javzo bu amal kursisida bir umr zerikib o'tirish niyati yo'q. Ular ertalabdan to kechgacha bir joyda o'tirgandan ko'ra, firma ishini nazorat qilib yuradigan ish boshqaruvchi, menedjer, maslahatchi, juda bo'lmasa Prezident o'rinbosari bo'lishga ko'proq qiziqadilar. Ularga qanday katta mansabni taklif qilishlarining ahamiyati yo'q.
Agar ishxonangizga Javzo rahbar etib tayinlansa, tez orada katta o'zgarishlarni kutavering. U eski an'analardan ko'ra yangiliklarni ko'proq hush ko'radi. U xonadagi mebellarni tinimsiz o'zgartirishi, qo'shimcha telefon apparatlari talab qilishi, kotibaning ish yuritish uslubini tinimsiz tanqid qilishi, yoki kunlik ish tartibini bemaslahat o'zgartirishi mumkin. Bu hol esa, toki hammasi Javzo ko'nglidagidek bo'lmaguncha davom etaveradi.
Merkuriylik rahbarning kayfiyatini aniqlashga urinmay qo'yavering. Chunki u kun bo'yi hodimlar faoliyatini kuzatishi, hatto sizning choy ichishga sarflagan ikki daqiqangizni ham hisobga olishi mumkin. Lekin ertaga butunlay kelmasangiz ham sezmoy qolishi ehtimoli yo'q emas. Bunday rahbarlar odatda ishbilarmnonlikning mayda-chuydalari bilan shug'ullanmaydilar. Yahshisi, bu javobgarlikni boshqa birovga yuklab qo'yadi. Javzoning tinimsiz aqli esa korhonani ikki tomonlama foydaga olib keluvchi olamshumul kelajak rejalari bilan band bo'ladi.
Korxonangizda tez o'ylaydigan tez ishlaydigan, tez gapiradigan hodimlaringiz bormi? Ular yosh, yoki yoshiga qaramay o'zini yosh ko'rsatadimi? Noma'lum hatti-xarakatlari bilan, sabrsizligi bilan boshqalardan ajralib turadimi? Agar shunday bo'lsa, shubha qilmay qo'yavering - ular Egizaklardir! Javzolarni kuzatar ekansiz, ular qanday qilib murakkab, abstrakt holatdan aniq, matematik formulalar yaratishini tushunib qolasiz. Sumbula, Hamal, Asad va aqrab burjida tug'ilgan insonlar kabi ular taxlikali og'ir damlarda chapdast va chaqqondirlar.
Agar kotibangiz Merkuriy panohidagi Javzo bo'lsa, xazinangiz bor ekan. Chunki u birgina ishorangizdan kimga qanday xat yozish kerakliini tushunib oladi. Yahshisi uni aloqachi kommutator, yoki ro'yxatga oluvchi registrator qilib tayinlaganingiz mumkin. Hech kim u kabi mehmonni yahshi kutib ololmaydi, hatto boshliq buyruqlari bilan band bo'lganda ham.
Javzo - Oila va Muhabbat
Sulton haramiga havas qilgan erkaklar 22 maydan 21 iyungacha tug'ilgan ayollarga uylansalar, qirqta bo'lmasa ham ikkita xotinga ega bo'ladilar. Bayram kunlari esa bir o'zi to'rttasiga ham tatiydi. Lekin bir narsa: Merkuriy qizlari sovuqroq bo'lishadi. Ularning shu qadar ko'p narsalarga qiziqadilarki, extirosli ishq, aysh ishrat ularning bir qismini tashkil etadi holos. Sevgi o'yinlari faqat romantik uchrashuvlardan iborat bo'lib qolishi ham mumkin. Javzo ayollar juda kech yetiladilar, hammasi erkakning mahoratiga bo'g'liq. Egizaklarni ayblash emas, balki ularga achinishimiz kerak. Ularning ikki hil hislati, ikki hil hayoti ikki erkakni sevishni talab qiladi. Javzo o'zining his tuyg'ularini aniqlashtirib, o'z yo'lini topmaguncha o'zini ham, tanlagan yorini ham qiynab yuborishi mumkin. Lekin turmushga chiqayotganda Javzo o'zini qo'lga ola biladi. Bundan tashvish qilmasangiz ham bo'laveradi.
Javzoga uylangan erkak haqiqiy haramga ega bo'ladi: birinchisi o'zining maslahatlari bilan eriga yordam bersa, ikkinchisi unga qarshi chiqishi mumkin, yana biri eri va bolalarini unutib, yarim tunda uyga qaytsa, yana biri yig'ishtirilmagan oshxonada, yuviqsiz idishlar orasida ijod farishtasi bilan suhbat qurib o'tirgan bo'ladi. To'rtinchisi eriga siyosat va din haqida falsafa to'qisa, beshinchisi yu ishlari biland bad bo'ladi. Boshqasi farzandlar tarbiyasi bilan shug'ullansa, sherigi uyni saronjom sarishta qilib, mehmon kutadi. Kenjasi esa o'ziga oro berib teatr yoki ko'rgazmaga yo'l oladi. Hullas bitta o'zi qirqta xotin o'rnini bosadi.
Javzo - Farzandlar
Statistika ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, 22 may va 21 iyun oralig'ida boshqa vaqtlarga nisbatan ko'proq egizaklar tug'ilar ekan. Agar oilangizda hech bo'lmasa bitta "Egizak" tug'ilsa ham ikkita egizakni tarbiya qilishga tayyorlanavering. Ayniqsa emaklashni boshlaganda har tomonga ko'z-quloq bo'lib turgan yahshi. Yurganida nima bo'lishi haqida yahshisi aytmay qo'ya qolaylik. Hozirgina bir joyda turga farzandingiz boshqa joyda paydo bo'lib qolsa, hayron bo'lmang. Chunki Javzo tezkor va chaqqon Merkuriy og'ushida ulg'aymoqda. Ularni bir joyda, masalan beshikda yoki belanchakda uzoq vaqt ushlab turish tavsiya etilmaydi, bu holat ularning hislatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Agar juda ham bad bo'lsangiz, farzandingiz yoniga ko'proq o'yinchoq va rangli kitoblar qo'yib qo'ying. Lekin bu ham uzoq naf bermaydi, tez orada shunday chinqiradiki, qo'shnilar ham yugirib chiqishadi.
Javzo ulg'aygach esa o'zining shoshqaloqligi, bemaslahat ish tutishi, bir paytning o'zida bir nechta ishni qilishga urinishi bilan kattalarni shoshirib qo'yadi. Bunday o'quvchilar o'z muallimlariga katta tashvish keltiradilar. Ular fanlarni juda tez o'zlashtiradilar, o'z fikrlarini qog'ozda juda yahshi ifodalaydilar. Ular mohir qo'llar sohibi bo'lishadi: taxnikaga qiziqadilar, surat chizadilar yoki biror bir musiqa asbobida kuy chaladilar. To'g'ri, ular darsdan boshqa narsalarga tez chalg'iydilar, lekin o'tilayotgan fan qiziqarli bo'lsa, oz fikrini bir yerga jamlay oladilar. O'spirin Javzolar dugonalarini tez-tez, deyarli har hafta o'zgartirib turadilar, kun bo'yi telefonda suhbat quradilar. Mashinani esa katta tezlikda haydashi esa hammani tashvishga soladi. buzilgan kir yuvish mashinangiz bo'lsa, tuzatib berishga doimo tayyor turadi. Texnika ichida timirskilanish uning yoqimli mashg'uloti ekanligini unutmang.
Javzo qizlarga esa odatda omad kulib boqadi. Ularning kayfiyati bir zumda ko'z yoshlardan tabassumga o'zgaradi. Bu oyimchalar ota-onasini doimo ko'z-quloq bo'lib turishlariga majbur etadi. Bunday qizlar bilan hayotdan zerikmaysiz.
Sizning Egizagingiz ulg'ayib, katta bo'lgach, ishonavering, albatta keraksiz joylarga keraksiz vaqtda burnini suqadi. Ana shunda siz Javzo farzandingiz yetti yoshida bir paytning o'zida yetmishta joyga qo'l urganini eslab qolasiz. Aniqrog'i, Javzo nima qidirayotganini aslida o'zi ham bilmasa kerak. Hullas, Javzo bitta bo'lsa ham mingtaga tatiydi. Bunga shubha qilmasangiz ham bo'laveradi. Agar o'zingiz ham Javzo burjida tu'gilmagan bo'lsangiz!
Javzo - Belgilari
Omadli munosabatlar: Savr, Mezon, Dalv va Asad.
Omadsiz munosabatlar: Hut, Sumbula, Qavs. Savr bilan o'zaro qiziqish bor, Hamal esa uni o'ziga tortadi. Javzo o'z burji bilan juda baxtli bo'ladi.
Sayyoralar: Merkuriy.
Timsollar: Egizaklar, niqob, qo'l, yulduz.
Ranglar: Binafsha rang, kulrang, och-sariq, och-havorang, qizg'ish ranglar. Yashil rang omadsiz.
Toshlar: Xrizopraz, berill, granat, tog' kristali, agat, yashma.
Metalllar: Oltin, amalgama, kumush.
Jismoniy ta'sir: Yelkalar, tirsaklar, qo'l barmoqlari.
Tumor: Ilon, Niqob.
Omadli raqamlar: 3, 5, 12, 18.
Omadli kunlar: Chorshanba, Yakshanba.
Omadsiz kunlar: Payshanba.
Mamlakatlar: Angliya, Armaniston, Kanada, AQSH, Misr, Belgiya.
21 maydan 31 maygacha tug'ilganlar: Yupiter ta'sirida - aqlli, sezgir, san'atga moyil, beg'araz. Ular diniy o'y-hayollar bilan, shon-shuxratsiz, boyliksiz qoniqish hosil qiladilar.
Muhim yillar: 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70.
1 iyundan 10 iyungacha tug'ilganlar: Mars ta'sirida - tajovuzkor. Kulguli, betinim, kuydirmajon.
Muhim yillar: 8, 10, 16, 20, 32, 40, 48, 56, 64, 72.
11 iyundan 21 iyungacha tug'ilganlar: Qyuosh ta'sirida - betashvish, hukmron, shuxratparast, sergap inson.
Muhim yillar: 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80.
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 8988 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Savr g'ayritabiiy ishchanligi va sabri tufayli hamisha g'alabaga erishadi. Juda qat'iy. O'ylagan ishini tashlamaydi. Maslahatlarga kamdan-kam quloq saladi, ba'zida hatto teskarisini qiladi . Uni jahlini chiqarish qiyin, biroq jahldan uzoq vaqtgacha tushmaydi va yomonlikni unitmaydi. Iltifotli va haqiqatgo'y. Kuchli iroda egasi. Erkin, konservativ qarashlar sohibi, lekin rashkchi.
Savr burjida tug'ilganlar: Shekspir, Mariya Medichi, Delakrua, Yekaterina II, Kromvel, Robesp'er, Balzak, Bramc, Freyd, Lenin, Trumen.
Savr Yer unsuriga mansub burj hisoblanadi. 
Uning sevimli ranglari: yashil, pushti, havorang, sariq.
Sevimli gullari: atirgul va siren.
Omad keltiruvchi raqam — 6.
Yeng nozik a’zolari: tomoq, bo’yin, hiqildoq, ya’ni angina, yo’tal kabi kasalliklar paydo bo’ladigan joylar.
Savrlarni siz kamdan-kam insonlarda uchraydigan kamgaplik, kamsuqumlik xislatlari orqali tanib olishingiz mumkin. Uning asabiga tegishga, jahlini chiqarishga ko’p ham urinavermang. Buning uddasidan chiqishingiz amrimahol. Ammo shunday hol yuz bersa, orqa-oldingizga qaramay qochishni maslahat beramiz. To’g’ri, avvaliga u sizga kamgap, odamovi bo’lib ko’rinishi, siz hatto oylab, yillab shu fikringizda qolishingiz mumkin. Ammo bu aldamchi ko’rinish. Haqiqatan jahli chiqqan Savr yo’lida uchragan barcha narsani vayronaga aylantirishga qodir. U mehmondorchilikka borishni yomon ko’radi. Ammo mehmon kutishni juda ham o’rniga qo’yadi. U o’z uyini, undagi buyumlarni jondan aziz ko’radi. Har qanday o’zgarish ham unga salbiy ta’sir ko’rsatadi. U yer odami, tabiatni, gullarni yaxshi ko’radi. Shuning uchun ham tez-tez tabiat qo’yniga chiqib turadi. Shaharning shovqini yesa uni toliqtiradi. Odatda bu burj sohibi jismonan sog’lom inson hisoblanadi. Ammo kasal bo’lsa, sog’ayib ketishi qiyinroq kechadi. Sababi, o’zining o’jarligi tufayli vrach ko’rsatmalariga amal qilmaydi. U o’zini chidamli va bardoshli hisoblaydi va bu o’rinda uni nohaq deb bo’lmaydi. Sababi, u nolimay oylab, yillab og’ir mehnat qilishi va bu haqda hyech kimga, hatto yeng yaqin insoniga «miq» yetmasligi mumkin. Uning boshiga qanchalik ko’p kulfatlar, qiyinchiliklar tushsa, ularni yengishda u shunchali sabrli va toqatli bo’la oladi. Uning oilasiga, do’stlariga bo’lgan sadoqati faqat tahsinga loyiq. U juda kam hollarda qattiqqo’l va qasoskor bo’ladi.
Moddiy tomondan yesa Savr va pullar har doim yonma-yon yuradi. Ular orasida ishsizlarni deyarli uchratmaysiz. U o’z hayotini sekin, ammo baquvvat qilib quradi. Pul topish yo’lini biladi, ammo kimningdir qo’li ostida ishlashga tobi yo’qroq. Undan bemalol pul so’rashingiz mumkin, u qizg’anchiq yemas, ammo pulni havoga ham sovurmaydi.
Oilaning har tomonlama ta’minlangan bo’lishi Savrlar uchun yeng avvalo muzxonaning to’la bo’lishini anglatadi. U mazali va noyob taomlarni xush ko’radi, tabiiylikka ahamiyat qaratadi. Tabiatan uning ishtahasi chakki yemas, shuning uchun ham ular orasida ortiqcha vazndan aziyat chekuvchilar ko’pchilikni tashkil yetadi. Buning oldini olish uchun Savrlarga kartoshka va qandolat mahsulotlaridan kamroq iste’mol qilish tavsiya yetiladi. Shuningdek, ishtahani ochuvchi achchiq va sho’r mahsulotlarni tanovul qilishda ham me’yorni bilgan ma’qul. Savrlar odatda sut ichishmaydi. Ammo sutli mahsulotlar ularning jonu dili. Qatiq, tvorog, pishloq ular uchun juda foydali. Mevalardan yesa uzumning barcha turlarini iste’mol qilgan ma’qul. Shuningdek, ularga olma, o’rik, olxo’ri mevalari juda foydali. Choy o’rnida yesa turli xil dorivor o’tlarning damlamasini ichgan ma’qul.
Agarda siz Savr burjida tug’ilgan insonga ko’ngil qo’ygan bo’lsangizu kelgusi hayotingizni u bilan bog’lash niyatingiz bo’lsa, bir narsaga ye’tibor bering. Savr, xoh u yerkak bo’lsin, xoh ayol, hyech qachon birinchi bo’lib sizga ko’nglini ochmaydi. U birinchi qadamni sizdan kutadi.
Savrlar ularni baxtli qila oladigan insonni Hamal yoki Javzo burji vakillari orasidan topishlari mumkin. Javzo uni o’zining aql-farosati bilan maftun yetsa, Hamal o’zining mehr-muhabbati bilan uning ko’ngliga yo’l topa oladi. Aqrab va Qavs burji vakillari orasida ham ularni baxtli qila oladiganlar bor. Ammo yehtiyot bo’ling, Savrning umr yo’ldoshi bilim va tafakkur borasida undan past bo’lmasligi lozim, aks holda tez orada o’rtada tushunmovchilik paydo bo’lishi mumkin.
Maslahatlarimiz so’ngida shuni aytmoqchimizki, har bir kishining o’z ichki sezgisi — intuisiyasi uning shaxsiy munajjimidir. Zero, kishi unga suyanib, munajjim maslahatisiz, o’ziga nujumiy ma’nodagi yeng muvofiq yor, do’st, kasb, makon tanlay oladi. Bunday kishi toleini tekshirib ko’rgan munajjim faqat: «Sen to’g’ri yashabsan, to’g’ri tanlabsan, to’g’ri anglabsan», deb uni tasdiqlashi mumkin, xolos.
"Yosh kuch"dan
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 6260 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Hech kim dunyoni boshqarish, hukumronlik qilish kabi imkoniyatga Asad burji vakili kabi yaqin emaslar. Bu burj Arslon , ya'ni hayvonlarlar podshosi o'xshatilishi bejiz emas, chunki burj sohiblari ko'p hollarda o'zlarini hammadan yuqori tutadilar, uni tanqid qilganlarni yoqtirmaydilar. Maqtovni esa juda yaxshi ko'radilar. 
Asad burji vakilining do'stu - birodarlari ko'p bo'ladi, lekin faqat oz'iga yaqin deb bilganlarini chin dildan yaxshi ko'radi va ularni hech qachon sotmaydi.
 Asad burji vakili odatda aktiv hayot tarzi olib boradi, odamlarning diqqat markazida bo'ladi. Hayotda o'zidan kuchliroq odamlarga qarab harakat qiladi, kuchsizlarga esa yordam beradi(axir u "podshoh")
Asad burji vakili mustamkam irodali bo'lib, doim mustaqil qaror chiqarishda ikkilanmaydilar, qarorlari to'g'ri ekanligiga ishonchi komil bo'ladi. 
Asadlar nafaqat boshqarishga, balki sevish uchun ham yaratilgandirlar. Agar oldida bosh egmasalar Asad o'zini baxtsiz deb biladi. Ular rahmdil va shavqatlidirlar. O'z fikrlariga qat'iy ishonch bildiradilar. Asad uchun hayot ulkan sahna, ular odatda dramatik iqtidor egalari bo'ladilar.
Boylik va pul:ular pullarga qullarcha munosabatda bo'lmaydilar "Men pulni topmayman, kerak bo'lsa pulni o'zi kelib meni topsin!'' - ular huddi shunday fikrlaydilar.
Baxt: hayotning umumiy qonuni, bu baxtli bo'lishga intilish va uni iloji boricha kengroq amalga oshirishdir. 
Erkaklar.
Erkak asadlar juda ta’sirchan va estetik didli. Shuning uchun ular xushbichim, istarasi issiqlarga befarq emasdir. O`ta rashqchi. Yumshoq muomalani yoqtiradi. 
Ayollar.
Asad ayol uni deb birovlarning iztirob chekishlaridan zavqlanadi. Sadoqat borasida u o`z sodiqligini to umr yoldoshi o`ziga xiyonat qilmagunicha saqlaydi. Bolaligidan hammaga “onaxonlik” qiladi. Sovg’a olishni yoqtiradi.
BU burj sohibalari jozibali, go'zal va gururli bo'lganliklari uchun ko'p erkaklarning yuraklarini kuydiradilar.Shuning uchun ayol arslonlarni sevish va sevilish sizga qimmatga tushadi.U judayam did, mahorat bilan kiyinadi, har tomonlama afzal bo'lishni xush ko'radi.Bu ayol bazida janjalkash, ba'zida esa bosiq,muloyim bo'lib turadi.o'z sevgilisiga juda talabchandir.Agar siz kuchli bo'lmasangiz u. sizni seva olmaydi. Sportni sevadi,lekin siz uni sport maydoniga emas,teatrga taklif etsangiz maqsadga muvofiqdiz.Eng kam daromad bo'lganda ham ayol Asad burji vakili oynalariga chiroyli parda sotib olish va yahshi kiyinish uchun yetarlicha pul jamg'ara oladi.
Uy bekasi sifatida eng latofatli ayoldir.U hech qachon uyida eski,rangi o'chgan kiyimda pala-partish yurmaydi.U bolalarini juda juda sevadi.
 
Unsuri - Olov
Sayyora - Quyosh
Metall - oltin
Rang - sariq,qizil - alvon
Tosh - olmos(briliant)
Baxtli raqami - 1
Kun - yakshanba
Ijjobiy fazilat – boadablik, to`g’riso'zlik
Kamchilik – qo`rslik
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 6621 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Ularning hayotdagi shiori: "Quyoshga qarab yursang, soyang ortingga chekinadi, tik kelganingda esa u chor-nochor oyog'ing ostiga tiz cho'kadi. Alhol, orqaga qarab yurmaki, shu zahoti soyangning quliga aylanib uning izidan ergashasan"
UMUMIY TA'RIF.
Bu muchal sohiblari o'zining yutuqlari va xatolarini o'zi nazorat qila oladi. O'z qadr-qimmatini juda yaxshi biladi, o'zi haqidagi fikridan hech kim uni qaytarolmaydi. Odatda, chayon chaqsa o'limga olib boradi. Shuning uchun ushbu muchalda tug'ilganlar ham garchi tashqi ko'rinishidan bosiq, sipo bo'lsalar-da, xavfli odamlardir. Ular nigohi o'tkirligi bilan boshqalardan ajralib turishadi. Shu bilan birga bu muchal sohiblari qo'rqmas va jasur hamda sodiq do'st hamdirlar.
"Chayon"ni hatto dushmanlari ham hurmat qilishadi. Chunki u yuzingizga bor haqiqatni aytadi. Shuningdek, kimdir unga yaxshilik qilsa albatta, yaxshilik bilan javob beradi. Ammo "Chayon"ga yomonlik qilib, azoblagan kishi hech qachon uning ta'qibidan qochib qutilolmaydi.
"Chayon" qattiq iztirob chekish, og'ir jismoniy ish bajarishdan sog'ligini yo'qotadi. U kamdan-kam xastalanadi, ammo kasalligi juda og'ir kechadi. U o'z dardini shifokorlardan ham ko'ra yaxshiroq biladi. Uni tomog'i, beli, yuragi, qon aylanish sistemalari va oyog'i bezovta qilib turadi. U olovdan, har xil portlashlardan, radiatsiya nurlaridan ehtiyot bo'lishi kerak.
"Chayon"lar qahramon shaxslardir. Ular ojizlarni himoya qilishadi, oilasiga sodiq, bolalariga mehribondirlar. Bu muchal sohiblari yo juda pokdamon, sofdil, yoki o'taketgan shubhakor bo'lishadi. Qadimdan aytishlaricha, oilada "Chayon" (muchalida) tug'ilishidan bir yil oldin yoki tug'ilgandan bir yil keyin kimdir hayotdan ko'z yumarmish. Shuningdek, ushbu muchalda tug'ilgan kishining vafotidan bir yil o'tib yoki u o'lmasdan bir yil avval oilada chaqaloq dunyoga keladi. ERKAKLAR. Muchal sohibi juda hissiyotga boy. Tashqi ko'rigashgadan bosiq bo'lsa-da, jahli tez.
Agar uni sevib qolsangiz, juda ko'p qiyinchiliklarga bardosh berishingiz kerak. U hech qachon tuyg'ularini ochiqdan-ochiq namoyon qilmaydi. Sizni ko'pchilik oldida izza qilishi mumkin. Shunga bosiqlik bilan chidasangiz baxtga erishasiz.
Erkaklar 
Bu muchal sohibini bir ko'rgan odam hech qachon unutmaydi. "Chayon" kishilarning xotirasida yo quvnoq va dilkash yoki jahldor va kamgap odam qiyofasida saqlanib qoladi.Uni hech qachon engib bo'lmaydi. 
"Chayon" go'zallik va boylik shaydosi. U hamisha sevib yashaydi. O'zining mustaqilligini qo'ldan bermaydi. Uning qarorini hech kim ota-onasi ham, qarindoshlari ham, eng yaqin kishisi ham o'zgartira olmaydi. "Chayon" sir-sinoatlarga qiziqadi, shuningdek siz ham undan hech qanday sir saqlay olmaysiz.
Turmush qurgandan keyin ham uning avvalgi fe'l-atvori o'zgarmaydi. U sizni tish-tirnog'i bilan tashqi hujumlar-dan asraydi. Mabodo unga o'zini yomon tutayotgani haqida e'tiroz bildirsangiz, u sizga: "Men seni ushlab turganim yo'q", deb javob beradi.
Rashk masalasida juda ehtiyot bo'lishingiz kerak. Begona erkak yonida hatto ko'zingiz pirpirab ketsa ham baloga qolasiz. "Chayon" bolalarini mehnatsevar, sofdil qilib tarbiya-laydi. U o'zini hurmat qiladigan ayolni jon-dilidan sevadi.
AYOLLAR.
 Bu muchal sohibasi go'zal, jozibali, g'ururli va o'ziga ishonadigan, irodasi kuchli ayol. Ular ozodalikni, tartibni yoqtiradi.U sizni maqtovlarga ko'nmaydi. Chunki bu ayol siz bilan tanishishdan avval ichki hissiyotlaringizni o'rganib chiqadi, qo'rqoqlikni hech qachon kechirmaydi."Chayon" birovlarning sirlariga qiziqsa-da, o'zi borasida oshkoralikni yoqtirmaydi. U juda rashchi, siz uchun har narsaga tayyor. Lekin siz o'z rashkingazni ochiqdan-ochiq namoyon etmang, gapingiz havoga ketmasligi uchun dardingizni ichingizga yuting.U baxtlidek yashasa-da, "ichdan pishgan", o'z qadrini baland tutgan bu ayolning ichki dardlari sirliligicha qoladi. "Chayon" sizdan ko'rgan yaxshiligiyu yomonligini ikki hissa qilib qaytarmasa ko'ngli tinchimasligi bilan ham boshqalardan ajralib turadi. 
 
Unsuri - Suv
Sayyora - Mars
Metall - temir
Rang - sariq, to'q sariq
Tosh - koral, rubin,karbunkul
Baxtli raqami - 9
Kun - seshanba
Ijjobiy fazilat – kuchli irodali, qat'iy, vafodor
Kamchilik – qasoskorlik,nohayrihohlik
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 5779 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Bu muchalda tugilganlar qattiq tartibga rioya qiladilar, shovqin-suronni yoqtirmaydilar, ko’chalarda ham odamlar kamroq, tinch joylardan yuradilar. Lekin ular doim boshqalar haqida qayg’uradilar, do’stlariga sodiq va ochiq ko’ngildirlar. Bu muchal sohiblari orasida bo’ydoq va "qariqiz"lar ko’p uchrasa-da, ayrimlari ikki marta oila quradilar.
Ularning jiddiy qiyofalarida aql va maqsad sari intilish aks etadi. "Boshoq"lar boshqalarning kamchiliklarini ochiq-oydin ko’radilar, ammo o’z nuqsonlarini bilishmaydi. Ko’cha-ko’yda tilamchilik qiladiganlarga sira ham achinmaydilar. Lekin qiyin ahvolga tushib qolgan do’stlariga chin ko’ngildan yordam beradilar. Ular bekorchi va yalqovlarni yoqtirmaydilar. Odamlardagi iqtisodchilik, aniqlik, haqiqatparvarlik, yaratuvchanlikni yuqori baholaydilar. Bu muchalda tug’ilganlar juda sog’lom, ish yuzasidan ancha asab kasalliklariga duchor bo’ladilar.
ERKAKLAR.
 Agar siz hissiyotga beriluvchan bo’lsangiz bu muchalda tug’ilgan erkaklar bilan yashab ketishingiz juda qiyin kechadi. U o’z sevgisini oilasi, do’stlariga bo’lgan yaqinligi bilan ifodalaydi. Mabodo, siz unga o’ta hissiyotli munosabatda bo’lsangiz, uning yonida yig’lasangiz, nimalardir va’da qilsangiz bu holdan u ajablanishi va hatto qo’rqib ketishi mumkin. Sevgida u iroda va bardoshni yuqori baholaydi.
 Bu muchal sohibi taqdiriga tan berib yashaydiganlardan. U deyarli hamma narsani tanlab-tanlab eydi, kiyadi, yoqtiradi... Hatto ayollarni ham tanlab sevadi va bundan zavqlanadi. Siz uni aldashga yoki ustidan kulishga urinmang, o’zingizga yomon bo’ladi. Agar u sizni seva olmasa sirayam mehrini qozonishga intilmang. Shunchaki, do’stona munosabatingiz va (garchi yuragingizda isyon bo’lsa-da) rasmiy muomalangizning o’zi kifoya. Bu holdan so’ng siz uni qiziqtirmasligingiz mumkin emas.
 Mabodo, baxt kulib boqib, muhabbat tangrisining nazari sizga tushsa sira hovliqmang. U sizni sevib qolgan taqdirda ham avvalgi xulqini o’zgartirmaydi. Agar u sizga sevgi izhor qilsayu, siz javobini berishga oshiqmasangiz, u oylab-yillab kutishga tayyor. E’tibor bering-a, bunday chidamlilik hech qaysi muchal sohibiga nasib etmagan. U o’ziga suyukli ayol emas, umr yo’ldosh izlaydi, otalik burchini chin dildan bajaradi. Uning sog’ligi haqida qayg’urishingizni yoqtiradi, mabodo siz kasal bo’lib qolsangaz, u butun mehri bilan sizni parvarishlaydi.
 Agar u nimadandir xafa bo’lsa, nima uchunligini surishtirmang, chunki baribir aytmaydi. Yaxshisi, uni yolg’iz qoldiring. Hayotingiz davomida bu muchal sohibi bilan baxtiyor turmush kechirasiz. Uning bitta kamchiliga bor, bu ham bo’lsa tanqidga chidamsizligidir. Shuning uchun siz uning xatolarini tanqid bilan emas, shirinso’z va xushmuomalalik bilan bartaraf etishingiz mumkin.
AYOLLAR.
 Bu muchal sohibasi o’z maqsadlari sari intilib yashaydi. To’g’ri, hamma insonlar o’z maqsadi sari intiladi, lekin bu ayol jarliklarga tushib ketsa ham, tog’u toshdan oshishiga to’g’ri kelsa ham, o’z yo’lidan qaytmaydi. Bo’lar-bo’lmasga yig’layverishni yoqtirmaydi.
 Mabodo, uni umr yo’ldoshi aldagudek bo’lsa, buni sira kechirmaydi. Qo’ni-qo’shniga gap-so’z bo’lish, eri bilan ajrashib isnodga qolish yomon, albatta. Ammo ishongan, suygan odami tomonidan bir umr aldanib yashash bu ayol uchun dunyodagi eng qabihlikdir. Bu ayol deyarli hamma bilan (shuningdek, erkaklar bilan ham) do’stona munosabat o’rnata oladi.Bu muchal ayoli hamma muchallar orasidagi aql va hayosi mujassamlashgan ayoldir.
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 6283 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Yulduz burjlarining birinchi ramzi bo'lgan Hamal, ya'ni "Qo'y", ajdodlarimiz ta'kidlashlaricha Burjning yulduzlar zoylasuviga monanddir.
Qadimgi Yunon afsona va rivoyatlariga ko'ra Hamal yunon shoxining farzandlari Friks va Gellani ularni nobud qilmoqchi bo'lgan o'gay onasi Inodan olib ketgan qo'chqor bo'lgan. Gella safar chog'ida dengizga qulab tushadi va nobud bo'ladi. shundan buyon u Gelespont deb ataladi. Xavfsizlikka erishgan Friks qo'chqorni Zevs haqqiga qurbon qiladi va Zevs qurbonlikni osmondga olib chiqadi. Qo'chqorning terisi qadim yunon mifologiyasida "Oltin mo'yna" nomi bilan mashxur va aynan mana shu Oltin mo'yna Argonavtlarning sarguzashtlariga sabab bo'lgan.
Hamal ramzi qayrilgan qo'chqr shoxlarini eslatadi. Biroq, ko'pgina munajjimlarning ta'kidlashlaricha Hamal qoshlar va burunni anglatadi, chunki Hamal qolgan barcha yuz va bosh qisimlariga ta'sir o'tkazadi.
Tashabbus, intilish va ishbilarmonlik. Hamal xarakatlar boshlanishi, shaxsiy rivojlanisning yangi bosqichi, tajovuskorlik, to'gri yonalishlar ramzi. Jadal quvvat va intilishlar ko'zga tashlanadi. Kardinal burj bo'lganligi sababli hamisha o'z oldiga o'zini qiziqtirgan yangidan-yangi vazifalar qo'yadi va toki ular yangilik hususiyatini yo'qotmaguncha ularga amal qiladi.
Hamal burji ostida tug'ilgan insonlarning ichki hissiyotlari jadal xarakat qilishni talab qiladi, hayotda o'z-o'zini himoya qilishga undaydi. Ular o'z extiyojlari haqida gapirishlari yetarli emas, ular extiyojlarini amalga oshiradilar. Hamallar fikrlashni o'rgansalar, juda ko'p narsaga erishishlari mumkin. Sabrsizlik va o'zgalarga quloq sola olmasligi Hamallarni qiyin ahvolga solib qo'yadi. Shoshqaloqligi sababli ular ishni ohiriga yetkazmaydilar va ishni boshqa qaram burjlarga qoldiradilar.
Izzattalab bo'lganliklari sababli doimo birinchi va oldi bo'lishga intiladilar. Hamal - tug'ma sardor. Shuxrat va mavqe Hamal uchun pul va qulaylikdan afzalroq. Xokimlik va xokimiyatga intilishi oqibatida u tajovuzkor bo'lib qoladi va shavqatsizlikdan ham qaytmaydi. Har doim yangi yo'nalish va imkoniyatlar qidiradi. Hamal iltifotni, mulozamatni, o'z qilmishlarini tahlil qilishni o'rganishi kerak. Ko'pgina hamallar kuchli iroda, o'z-o'ziga bo'lgan ishonch va cheksiz ruhiy imkoniyatlar egalari hisoblanadi.
Shak-shubxasiz do'stona, aniq harakatli, qo'lni mahkam siquvchi, hurli tabassum egasi haqiqat kurashchisi bo'lgan insonni hech uchratganmisiz? Agar shunday bo'lsa ishonavering - bu Hamal.
Hamallarning asosiy, ajralib turuvchi xislati - otaketgan egosentrizm. Agar saxar soat 4da uning hayoliga ajoyib bir fikr kelib qolsa o'sha zahotiyoq, o'ylab ham o'tirmay, siz bilan o'rtoqlashgani uyingizga qo'ng'iroq qiladi. Hamal butun dunyoni o'zi orqali, o'z ko'zi bilan ko'radi.
Lol qoldiruvchi coddaligi uning har qanday qo'rquvdan holi ekanligini bir oz bo'lsada ifodalab beradi. Go'dak qo'li kuymaguncha olovdan qo'rqmaydi: hamal ham huddi shunday. Faqat og'riq bartaraf bo'lgani hamon u yana o'z bilganini qiladi, aqli kirmay qolaveradi. Unda ayyorlik va tilyog'lamalik yo'q, u butunlay sodda va bir umr shunday bo'lib qoladi. Bundan tashqari hamal umuman yolg'onni eplolmaydi. Agar uni hafa qilsangiz yoki biror narsasini tortib olsangiz baqirib, shunday janjal ko'taradiki, uni ovozini o'chirish uchun har narsaga tayyor bo'lasiz.
Odatda Hamallar qoshlari tutashgan, keskin (kamdan-kam mayin va jilvador) yuzli insonlardir. Ko'p hollarda yuzida yoki boshida hollari bo'ladi. Rangi qizil, sochlari qizg'ish tusga moyilroq bo'ladi. Erkaklar hamda ayollar keng yelkali, biroz enkayib yuradilar.
Tajovuzkor ko'ringaniga qaramay, mart-aprel oylarida tug'ilgan insonlar hammani o'ziga do'st deb biladilar. Garchi kimdadir adashgan bo'lsalar ham buni sirtiga chiqarmaydilar. Agar Hamal haqiqatdan ham yig'layotgan bo'lsa, demak uni aynan yuragiga zarba berganlar. Ulardan hamkorlikni ham, hamjihatlikni ham, nozik tushunchani va sabrni ham kutmanglar.
Ular juda ham to'g'riso'z - Yolg'on va ko'zbo'yamachilik ularga hos emas. Shunday bo'lsa ham ular tez-tez bolalarcha qiliqlariga javobgarlik hissini sezmaydilar va shu sababli bo'ladigan ko'ngilsiz oqibatlarga javob bera olmaydilar. Ular botir, qo'rqmas, qiyinchiliklarni mardlarcha yengib xayotga tik borsalar ham jismoniy azobni mutlaqo ko'tara olmaydilar. Shuning uchun ham aytishimiz mumkinki, ular tish shifokoriga borishni doimo ortga suradilar. Hamal doimiy bosh og'rig'idan aziyat chekadilar. Aslida bir oz sog'liqlariga e'tibor berganlarida va alkogoldan nafslarini tiyganlarida, ular mutlaqo sog'lom bo'lishlari mumkin edi. Yillab shifokor huzuriga bormagan hamallar, bir ku kelib, qachonki kasallari o'tib ketib biror shikoyat paydo bo'lganda behosdan shifokor huzuriga tashrif buyurishni istab qoladilar. O'zining optimistligi sabab, Asad va Qavs kabi u'zoq va surunkali kasalliklar bilan kamdan-kam kasallanadilar. Odatda ularni yuqori istimali shamollash, o'tkir yuqumli kasallik yoki yallig'lanishlargina oyoqdan yiqitishi mumkin.
Hammallar o'zlarini har ishga qodir deb biladilar va o'z ishni hech kimga ishonmaydilar. Hammasini bir o'zi qilishga urinishu oqibatida butunlay holdan toyib, asablarini ishdan chiqarishgacha yetib boradilar. Uni dangasalikda ayblay olmaysizlar.
Hamal egoist bo'lishiga qaramay qattiqqo'l emas. Jahli birdaniga alanga olishi mumkin, lekin u tezda o'chadi, buning ustiga u yomonlikni eslab yurmaydi. Hamallar jahl ustida o'z raqibini qattiqroq suzgan bo'lsalar, jahldan tushganlaridan so'ng uzr so'rashga e'tiroz bildirmaydilar.
U bekorchi narsalarga vaqt sarflashni yoqtirmaydi, chunki u faqat bugungi kun bilan, hatto ayni vaqtda yashaydi, qolganlari esa uni qiziqtirmaydi. Biroq, o'zining maqsadga intiluvchan harakatiga qaramay, Hamal qalbining eng tubida mulozamatgo'y, mo'jizalarga ishonuvchan idealist. Hamal kamdan-kam siyosatga aralashadi - bu uning harakat doirasidan tashqarida. U yahshisi biznesda va ijodiy ishlarda o'zini ko'rsata oladi. Bundan tashqari, kim muvozanatga erishgan bo'lsa, juda yaxshi tashkilotchi hamdir.

Hamal - Kasbiy faoliyatyatida
Hamal-rahbarlar dangasa va yalqovlarni yoqtirmaydilar. Agar kimdir quloqqa tepayotganini sezib qolsa o'sha zahoti baqirib beradi. Agar aybdor aybini tan olib, kelgusida vijdonan ishlashga so'z bersa, uni kechiradi va buni isbotlashga imkon beradi. Hamalning qo'l ostida ishlasangiz idorada kechgacha yoki dam olish kunlari ham ishlashga tayyor bo'ling. shunisi borki, agar siz ishga kech qolsangiz, tushlikdan kech qaytsangiz yoki yuga javob so'rasangiz u bunga barmoq orasidan qaraydi.
Hamalni ishga qabul qilgan rahbar juda to'g'ri yo'l tutadi, yoki juda katta hato qiladi - hammasi uni qanday ishga qo'yishiga bo'gliq. Agar unga bir maromdagi, zerikarli ishga qo'ysa Hamal tezda zerikadi va yalqovlik qila boshlaydi. Agar unga bir-oz erkinlik va o'zini ko'rsatishga imkon yaratilsa bormi, u chinakamiga o'sa boshlaydi. U ishga 2 soat kech kelishi mumkin, lekin yuga ketishga shoshilmaydi, hatto ishini tugatmasa qorovul chol haydab chiqarmaguncha ishlayveradi. Hamalning buyuk ijodiy quvvati istalgan paytda namoyon bo'lishi mumkin va bunday vaqtlarda unga yahshisi halal bermagan ma'qul. Mart ohirida va aprelda tu'gilgan insonlar uchun pul ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Albatta, ular ham hizmatiga yarasha xaq olish tarafdori, lekin Omad va obro' ular uchun moddiy mablag'dan ko'ra ustunroqdir. Qachonki Hamal o'z hizmatlarini inobatga olayotganlarini his qilsa u yanada berilibroq ishga sho'ng'iydi. Shuning uchun e'tiborli rahbar Hamalga e'rkinlik berib, uning lavozimini oshirib, hatto o'ziga o'rinbosar etib to'g'ri yo'l tutadi.

Hamal - Oila va Muhabbat
Ehtirosli sarguzasht izlagan ayollar Hamallar bilan zerikmaydilar. Agar ularga ishonchli, o'zini panohiga oluvchi urm yo'ldosi kerak bo'lsa, ular bekorga ovora bo'ladilar. Hamal ba'zida ehtirosli bo'lsa, ba'zida muz kabi soviqdir. Agar u hafa bo'lsa yoki siz bilan zerika boshlasa, u yo'qolib qoladi, va hammasini boshidan boshlashingizga to'g'ri keladi - Hamal tabiati Mars sayyorasiga bo'ysunadi. Hamal sabrsiz, qo'rqmas va o'z-o'ziga ishonuvchan, Sardor bo'lishni yoqtiradi, hatto behad xotamtoy va hamdard bo'lishi mumkin. Lekin uning tilaklari darhol bajo keltirilmasa, u egoist va qattiqqo'l bo'lib qoladi. Ko'rinishidan mo'min-qobil bo'lib tursa ham, ishonavering, uning ichki dunyosi, tuyg'ulari to'lib toshib turadi. Agar bosjhlagan ishi sinsa ham u bo'laklarni bir biriga tutashtirib uni saqlab qolishga harakat qiladi. Mart-Aprel oylarida tug'ilgan erkak haqiqatdan sevib qolsa, u muhabbatiga bir umr sodiq qoladi. Uning haqiqati va ongi hiyonatga yo'l qo'ymaydi. Biroq, uning sevimli yori uning ertaklariga quloq solib, o'zini ertakdagi malikadek ko'rsatmasa undan ajrab qolishi hech gap emas.
Hamal o'taketgan rashkchi. Bu borada unga faqat Asad bas kela oladi. Boshqa birovga hatto ko'zingiz qirini tashlashga ham ehtiyot bo'ling, aks holda fojea yuz berishi mumkin. Hiyonat haqida esa gapirmasak ham bo'laveradi. Hamal sizni ko'klarga ko'taradi, faqat chizig'idan chiqmasangiz bas!
Hamal xasis emas, sovg'a qilishni yoqtiradi. Faqat ayoli uning xarajatlarini sanamasa bo'lgani - u bunga chidolmaydi. U o'zi ishlab topgan pulini hohlagancha sarflashni yoqtiradi. Hamal oila boshlig'i, lekin ayoli uyda o'tirib do'ppi tikishini unchalik ham hush ko'rmaydi. Unga aqlli, zakovatli ayol kerak - qanday hohlasangiz shunday uddasidan chiqing!
Mart-aprel oylarida tavallud topgan ayollar erkaklarsiz ham boshqa burj vakillariga ko'ra osonroq yashaydilar. Albatta, ularning ham o'z siymolari mavjud, lekin uning atrofidagi barcha erkaklar unga to'g'ri kelmaydi, chunki Hamal ayollar o'zlarini ulardan ko'ra epchilroq va uddaburon hisoblaydilar.
Hamal ayollar mehabbat bobida ilg'orlar safida bo'lishga ko'nikib qolishgan. Odatda ular birinchi bo'lib, albatta vaqti kelganda erkaklarga muhabbat izhor qiladilar. Shu bilan birga Hamal ayol uning ishqiga befarq erkaklarga ko'proq etibor beradilar. U doimo oshiqlar davrasida bo'ladi, lekin uning ko'ngli yagona, qo'l yetmas erkakga intiladi. Hamal burji vakillari o'zlarini maqtashlarini yoqtiradilar, lekin ularga ko'p iltifot qilavermang. Ular o'taketgan vafodor ayollar qatoriga kiradilar - faqat ularni sevsangiz bo'lgani. Faqat buyruq bera ko'rmang - ular bunga chiay olmaydilar. Shu bilan birga Hamal-erkaklar kabi ular ham o'taketgan rashkchi bo'ladilar.
Hamal ayollar turmushga chiqquncha va turmush qurganlaridan so'ng ham to'la ozodlik talab qiladilar. Faqat ular tabiatan tarbiyalidirlar: bir vaqtning o'zida ikki erkakni seva olmaydilar. Agar ular birorta boshqasini sevib qolsalar va sizni boshqa sevmasalar bu haqda sizga ochiq aytadilar. Hamallar - mehribon onalar. Ular farzandlarini aqlli, ozoda, sog'lom va baxtli bo'lishiga intiladilar, lekin ularni qattiqqo'llik bilan tarbiyalaydilar. Lekin shu bilan birga farzandlarini mehr-muhabbatdan bebahra qoldirmaydilar. Farzandlariga ertak aytib berish uchun doimo vaqt topadilar.
Hamal - Farzandlar
21 martdan 20 aprelgacha tu'gilgan go'daklar o'zini yolg'izlatib qo'ymaydilar - dod solib o'zlariga chaqiradilar. Ahir kimni haqqi bor uni yolg'iz qoldirishga? Kim o'zi boshliq: Hamalmi yoki boshqasi?
Kim boshliqligini ota-onalar go'dakni tug'ruqxonadan keltirgan zahotiyoq bilib oladilar. Endi oilangizda chaqaloq-hamal boshchilik qiladi. Buni siz birinchi to'polondayoq his qilasiz.
Hamalchalar odatda boshqa tengdoshlariga qaraganda tezroq tillari chiqadi va yura boshlaydilar. Tishi chiqqandan keyin esa tamom bo'ldim deyavering. U hamma narsaga burnini (aniqrog'i qo'lini) suqaveradi. Bu yoshda uydagi barcha kesuvchi, sanchiluvchi, yondiruvchi va kuydiruvchi narsalarni berkitib qo'ygan ma'qul. Ota-onalarga maslahatimiz - undan ko'zingizni uzmang! Bir oz ulg'ayib qolibsa tabiati yanada yaqqollashadi. Ozgina qarshilik ko'rsatsangiz jahli chiqib ketadi. Lekin chochimang - tezda jahldan tushadi. Uning kulgusi huddi bo'rondan keyingi quyosh nuriga o'hshaydi.
Hamal burjida tug'ilgan bolalar qizg'onchiq bo'lmaydilar, o'yinchoqlarini do'stlari bilan birga o'ynaydilar. Maktabga borganlari uy vazifasini qilmasalar havotirga tushmang. Ularga otchalar, baliqchalar, olmalar misolida tushuntirish befoyda. Undan ko'ra u boshqalar kabi aqlli, tarbiyali, o'qimishli emasligini, lekin baribir uni yahshi ko'rishingizni aytsangiz kifoya, shu kundan boshlab o'qishga beriladi-qoladi. Hamal doimo oldinda ekanligini isbotlashi kerak-ku ahir! Agar maslahatimiz rostdan ham qo'l kelsa, bu haqda sinf rahbariga aytib qo'yishni ham unutmang. Hamalchalar sinfda bitta emas, balki bir nechta bo'lishi ham mumkin-da!
Aprelda tug'ilgan bolalar boy tasavvurga egalar, doimo nimalarnidir orzu qiladilar. Lekin ularning orzusi doimo aniq asoslangan bo'ladi. Do'stlari bilan o'ynaganda ko'p hollarda yo'lboshchilik qiladi. Agar o'rtoqlari unga quloq solmasalar uning oriyatiga katta ta'sir qiladi. Bunday vaqtlarda yahshisi unga tasalli berish va to'g'ri yo'l ko'rsatish lozim. Manmanlik va buyruq berish bilan har doim ham kamolotga yetib bo'lmasligini u tushunib yetishi darkor. Agar hamal farzandingiz bilan birga bo'lmasangiz, u hatto uydan qochib ketishi ham mumkin. Bunday voqealar ko'p bo'lgan. Hamal-bolalar ko'p o'qishadi. Ayniqsa qahramonlar va sayohatchilar haqidagi kitoblarni yoqtirishadi. Ertaklarga ham befarq qarashmaydi. Ularni astoydil tarbiya qilsangiz, balki kelajakda fahrlanishga arzigulik ishlarni amalga oshirishlari mumkin! Ana unda marra sizniki!
Hamal belgilari
Omadli munosabatlar: Javzo va Qavs o'zlarining hotirjamligi va falsafasi bilan Hamalni yo'lga soladilar, Dalv va Me'zonga esa ko'proq jismoniy moyillik his qiladi.
Omadsiz munosabatlar: Jadiy, Saraton, Hut, Aqrab. Sumbula va Savr bilan sovuq munosabatlar.
Sayyoralar: Mars, Quyosh (Shams)
Timsollar: Qo'chqor (Qo'y), bug'i (kiyik), qizg'ish-sariq va yashil kvadratlar.
Ranglar: Yorqin-qizil, limu, havorang, ciyohrang, pushti va barcha tovlanuvchan ranglar (binafsha rang - omadsiz).
Toshlar: Olmos, ametist, krovavik, geliotrop, oytosh, akvamarin, zumrad.
Metalllar: temir, po'lat.
Jismoniy ta'sir: bosh, yuz.
Tumor: Bolg'a, Oltin teri.
Omadli raqamlar: 4, 7, 9 (9-ga karrali barcha sonlar),11.
Omadli kunlar: Seshanba, Yakshanba.
Omadsiz kunlar: Juma, Shanba.
Mamlakatlar: Angliya, Germaniya, Daniya, Siriya, Italiya, Kichik Osiyo.
21 martdan 31 martgacha tug'ilganlar: Mars sayyorasi ta'sirida - Shiddatkor, tajovuzkor, qattiqqo'l, kuchli, tarbiyasiz, muhabbatda ehtirosli.
Muhim yillar: 15, 30, 45, 75.
1 apreldad 11 aprelgacha tug'ilganlar: Quyosh ta'sirida - Mag'rur, bag'rikeng, muruvvatli, botir, yo'lboshchi, g'ururli insonlar. Muhabbat ularni bo'glab oladi.
Muhim yillar: 15, 19, 30, 35, 45, 57, 60, 76.
12 apreldan 20 aprelgacha tug'ilganlar: Venera sayyorasi ta'sirida - Ehtirosli va latofatli, epchil va chaqqon, nafis musiqa va nozik san'at shaydolari.
Muhim yillar: 15, 30, 36, 40, 60, 66.
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 7972 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)

SMS Ruscha sherlar 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 5113 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (15)

SMS MP3LAR.COM Haqida 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 6161 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (1)

Hikoyalar, Voqealar
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 6560 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (3)

1-Aprel hazillari 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 7308 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (38)

Hikmatli so'zlar
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 6763 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (29)

Operator SMS'lari 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 4824 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)

SMS Odnoklassniki 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 4676 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)

SMS Yangi yil 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 3841 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (6)

SMS Hazil
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 9999 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (20)

SMS Ota-Ona
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 5130 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (4)

SMS Topishmoq 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 7192 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (11)

SMS Sog'inch 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 19599 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (13)

SMS Hayit Bayrami 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 3716 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (3)

SMS Juma Muborak
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 3168 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)

SMS 8-MART 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 4413 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)

SMS Tug'ilgan Kun
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 7364 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (6)

SMS Do'stlik 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 5222 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (20)

SMS Ayriliq
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 9221 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)

SMS Tabrik 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 6038 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (23)

SMS Sevgi 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 7604 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (4)


Yangi yil haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 3588 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Falsafiy statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 5695 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (21)


Yigitlar haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 7707 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (19)


Islomiy statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 5242 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Qizlar haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 9972 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (42)


Hazil statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 7636 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (28)


Ruscha statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 4980 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Grafik haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 3952 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Student talabalar haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 5193 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Ayriliq haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 9056 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (36)


Maktab haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 4032 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (5)


Do'stlik haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 6328 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (7)

Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz