Turkiyada jinsiy qullikda bo'lgan 50 nafar O'zbekistonlik ayol qutqarildi

Turkiyaning Istanbul shahrida polisiya xodimlari tomonidan jinsiy qullikda bo`lgan o`zbekistonlik ayollar qutqarildi. Bu haqda Haberler turk nashri xabar qildi,  deb yozadi Sputnik.

Xabarda aytilishicha, polisiya xodimlari katta tezkor operasiya o`tkazgan. Tadbir davomida O`zbekiston va Qirg`izistondan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug`ullanishga majbur qilgan jinoiy guruh aniqlandi.

Tezkor operasiya bir vaqtning o`zida shaharning 7 ta yirik tumanida o`tkazildi. Polisiya 30 dan ortiq fohishalik xizmatlari ko`rsatilayotgan uyni aniqladi.

«Tezkor tadbir natijasida 85 nafar ayol aniqlandi, ulardan 35 nafari Qirg`iziston fuqarosi, qolganlari — o`zbekistonliklar. Jinoiy guruh a`zolari internet orqali ayollar bilan tanishib, ishqiy yozishmani yo`lga qo`ygan. Keyinchalik turmushga chiqish bahonasi bilan ularni Turkiyaga taklif qilishgan. Kelgan ayollar fohishalik bilan shug`ullanishga majburlangan», — deyilgan xabarda.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atildi. Hozirda ayollarni o`z vataniga deportasiya qilish masalasi hal qilinmoqda.



Категория: | Теги: o'zbekiston, Turkiya, Ayol
Просмотров: 14388 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:41
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz