Apple Android-qurilmalar bilan raqobatlashishdan qo‘rqishi ma’lum bo‘ldi

Samsung va Apple o‘rtasida navbatdagi “patent janglari” boshlandi. Avval bo‘lganidek, ayni vaqtdagi sud jarayonida ham Apple’ning ko‘plab qiziqarli ichki hujjatlariga duch kelindi. Samsung advokatlari tomonidan taqdim etilgan ana shunday hujjatlarning biridan ma’lum bo‘lishicha, Apple Android-qurilmalar bilan raqobatga kirishishdan xavfsiraydi. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.

Jumladan, Apple vakillarining e’tirof etishicha, texnik imkoniyatlar va dasturiy ta’minot jihatidan Android-smartfonlar iPhone’ga yetib olmoqda. Hujjatda “raqobatchilar sezilarli tarzda devayslarning tasnifi va qaysidir jihatdan, uning ekotizimini yaxshilagani” aytib o‘tilgan.

Apple o‘z ichki hujjatida tan olishicha, iPhone’ga eng sezilarli xavfni katta displeyga ega qurilmalar va arzon devayslar tug‘dirmoqda. Ayni bir vaqtda iPhone’ning  unchalik katta bo‘lmagan qimmat smartfonlari xaridorlarni u darajada jalb etayotgani yo‘q. Bu holatda Apple iPhone 6 qurilmasi displeyining diagonalini 4,7 dyuymgacha kengaytirishga intilayotganiga tabiiy hol sifatida qarash mumkin.

Apple raqobatchilari marketingga mablag‘ ajratish borasida kompaniyadan sezilarli ravishda ilgarilab ketmoqda. Marketingga ajratilayotgan mablag‘lar kelajakda Apple raqobatchilariga muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Bu esa Apple vakillarini tashvishlantirmasdan qolmaydi. Bundan tashqari, Apple vakillari o‘z targ‘ibotidan qoniqmayapti. Xabarda aytilishicha, aynan shu jihatni hisobga olgan holda, o‘tgan yilning boshida kompaniya 1997-yildan beri hamkorlik qilib kelayotgan Media Arts Lab reklama kompaniyasi xizmatlaridan voz kechgan. Ma’lumki, ushbu kompaniyaning yirik menejerlari Apple’ning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Fil Shiller bilan ziddiyatga borgan edi.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: Apple, Android
Просмотров: 1501 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:51
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz