Apple kompaniyasi gadjetlarni taqdim etdi


Kuni kecha, 21 mart kuni Apple kompaniyasi o‘zining bir qator mahsulotlarini namoyish qildi. Xususan, uzoq kutilgan yangi “ayfon” – to‘rt dyuymli iPhone SE hamda diagonali 9,7 dyuym bo‘lgan iPad Pro plansheti omma e’tiboriga havola etildi, deb yozadi “Terabayt.uz” sayti.
Apple`ning mart taqdimotida ixcham 4 dyuymli iPhone SE smartfonining dizayni eski iPhone 5s hamda “katta akasi” iPhone 6s`ni eslatadi. Ulardan asosiy farqli jihatlari esa texnik xususiyatlari bilan bog‘liq. Shunday qilib, yangi mahsulot M9 yonprotsessorli kuchli A9 protsessoriga ega bo‘ldi(1.85 GGs chastotali ikkita Twister yadrosi). Tezkor xotira – 2 Gb. Mazkur protsessor avvalgi A7ga qaraganda samaradorlik jihatdan ikki barobar kuchli ekani va unda Siri muntazam faol qolishi ma’lum qilindi.
iPhone SE fazali avtofokus, ikkita chaqnoq, Live Photos tasvirga olish tizimi hamda 4K video yozuvlarni qo‘llab-quvvatlaydigan 12 megapikselli iSight kamerasi bilan ta’minlangan. Old FaceTime kamerasi 1,2 megapikselligicha qoldi, biroq virtual chaqnoq funksiyasi qo‘shilgan. Displeys 3D Touch`siz, Touch ID barmoq izi skaneri hamda NFC-chip smartfon yordamida do‘konlarda xaridlarni amalga oshirishga imkon beradi. Ekran – IPS, 4 dyuym, 1136×640, 326 ppi, batareya – 1642 mAsoat.
Smartfon 16 GB va 64 Gb talqinlarda mos ravishda 400 hamda 500 dollardan savdoga chiqariladi. Oldingan buyurtma berish esa 24 martdan, savdolar esa 31 martdan boshlanadi. Gadjet kumush, oltin va kulrang qobiq (korpus)larda, qizlar uchun esa pushti ranglarda taklif etiladi.
Yuqorida yangi “ayfon”ning ayrim texnik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. O‘zidan oldingi talqinlardan ish samaradorligi, protsessorining baquvvatligi u orqali yanada sifatliroq videoga olish, eng kuchli ilovalar, murakkab o‘yinlarni ham qiyinchiliklarsiz o‘ynashga imkon beradi.
Biroq taqdimot ko‘pchilik kutgan yangiliklarni bermagan ko‘rinadi. Prezentatsiya tamomlanishi bilan kompaniya aksiyalari tushishni boshlagani bunga dalil bo‘ladi.


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: Apple
Просмотров: 1400 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:59
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz