Apple iPhone egalaridan 5 mln dollar tunadi


Uilyam Skott va Syuzann Shmidt Fillips Apple kompaniyasini sudga berdi. Foydalanuvchilar da’vo arizasida iPhone’lari operatsion tizimini iOS 9 gacha yangilagandan so‘ng, trafik xarajatlari sezilarli darajada oshganligidan shikoyat qilmoqda, deb xabar beradi “Hi-Tech Mail.ru”.

Natijada mobil internetdan foydalanganlik uchun hisob besh million dollarni tashkil etdi. Foydalanuvchilarning so‘zlariga qaraganda, barchasiga yangi operatsion tizimda paydo bo‘lgan “Wi-Fi yordam” funksiyasi aybdor. Bunda iOS 9 mobil internet va Wi-Fi orqali ulanish sifatini taqqoslab ko‘radi va tezligi yuqori kanalni tanlaydi. Bunda tekin Wi-Fi’dan pullik mobil ulanishga o‘tishni tasdiqlash haqida so‘rov yuborilmaydi. Natijada internetning unumli ishlayotganidan xursand bo‘lgan foydalanuvchi bu unga qanchaga tushayotganligini xayoliga ham keltirmaydi.Ko‘plab shikoyatlarga javoban Apple o‘zining rasmiy saytida “Wi-Fi yordam” funksiyasining to‘liq tavsifini keltirdi. Agar mobil internetingiz cheksiz bo‘lmasa, ushbu funksiyani o‘chirib qo‘yish tavsiya etadi.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: Apple
Просмотров: 1218 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:03
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz