Apple kompaniyaning 40 yilligi munosabati bilan shtab-kvartirasi uzra qaroqchilar bayrog‘ini osib qo‘ydi


Bu bayroqning paydo bo‘lishi 1-aprel kuni asos solinganining 40 yillik yubileyini nishonlagan kompaniya tarixi bilan bog‘liqdir, deb ma'lum qildi. TJournal.1-aprel hazillar kuni hisoblanishiga qaramay, Apple’ning aksiyasi real voqea bilan bog‘liq.

1983-yilda, Apple hali startap bo‘lganida, o‘sib borayotgan kompaniya byurokratiya domiga tushayotganini ko‘rgan Stiv Jobs undagi erkinlik ruhini saqlab qolishni istagandi. O‘sha paytda Macintosh loyihasi ustida ishlayotgan jamoaga boshchilik qilgan Jobs xodimlarni kompaniya ichidagi raqobatchi — Lisa bilan kurashga ruhlantirish maqsadida uch “maqol” o‘ylab topgandi:

- Haqiqiy san’atkorlar natijaga erishadi;

- Dengiz piyodalari safida bo‘lgandan ko‘ra qaroqchilar safiga qo‘shilgan ma’qul;

- 1986-yilda hajman kitobga teng Mac yaratiladi.

1983-yil avgustida Jobsning 80 kishilik jamoasi yangi manzilga ko‘chib o‘tganida, dasturchilar bu yerda o‘ziga xoslik yaratmoqchi bo‘lgan. Xodimlardan biri Stiv Kepps bir necha bo‘lak qora mato olib kelgan, dizayner Syuzan Ker esa unga oq bo‘yoq bilan “Quvnoq Rojers” tasvirini tushirgan. Bosh chanog‘ining ko‘zidagi bog‘ich Apple’ning o‘sha paytdagi logotipi — kamalakning barcha ranglaridagi olma shaklida chizilgan.

Dasturchilar tungi soatlarda bayroqni flagshtokka ilib qo‘ygan. U Jobsga ma’qul tushgan.


Bayroq bir-ikki oy mobaynida o‘sha yerda osilib turgan. Shundan so‘ng Lisa loyihasi xodimlarini uni o‘g‘irlab ketgan. Jobsning jamoasi bayroqni kuch bilan qaytargan, ammo bir yildan so‘ng u noma’lum sabablarga ko‘ra yo‘qolgan.

2014-yilda Syuzan Ker mashhur bayroqning bir qancha reproduksiyalarini yaratib, 2250–3250 dollar narxda sotgan edi. 2016-yil 1-aprelida shtab-kvartira oldidagi flagshtokda ilingan bayroq o‘shalardan biri ekanligi taxmin qilinmoqda.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI | Теги: Apple
Просмотров: 1381 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:08
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz