Apple jahonning eng qimmat brendi maqomini o‘zida saqlab qoldi


Interbrand agentligi tomonidan tuzilgan jahonning eng qimmat brendlari reytingida ketma-ket uchinchi yil Apple korporatsiyasi birinchi bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Agentlik Apple brendi qiymatini 170,3 milliard dollarga baholadi, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 43 foizga ko‘p. Ikkinchi o‘rinni Google egalladi — brend qiymati 120,3 milliard dollarga teng, 2014-yili 12 foizga arzonroq edi.
Uchinchi o‘rin esa 2013-yilga qadar reytingning doimiy peshqadami hisoblangan Coca-Cola kompaniyasiga nasib etdi. Salqin ichimliklar brendi bir yilda to‘rt foizga arzonlashib, 78,42 milliard dollarga baholandi.
Kuchli o‘nlikdan, Coca-Cola’dan tashqari, internet va AKT sohasiga aloqador bo‘lmagan yana uchta kompaniya joy olgan. Bular — Toyota avtokonserni (6-o‘rin, brend narxi 49 milliard dollar), General Electric kompaniyasi (8-o‘rin, 42,2 milliard dollar) va McDonald’s fast-fud restoranlari tarmog‘i (9-o‘rin, 39,8 milliard dollar).


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: Apple, jahonning eng qimmat brendi
Просмотров: 977 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:04
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz