Xonanda Lola: O‘z qalbim sohibi bilan oila qurganimda, bundan sobiq erim ham mamnun bo‘ladi, degan fikrdaman Mp3lar.Com


Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida sobiq turmush o‘rtog‘i bilan hozirgi munosabatlari, uning uylanishi, farzandlari o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr bildirdi.Lolaning sobiq turmush o‘rtog‘i Shohrux uylangani haqida 18-yanvar kuni ma'lum bo'ldi. “Bekajon”dagi intervyu esa ushbu marosimdan avval uyushtirilgan.“Biz anchadan beri birga yashamaymiz, har birimizning o‘z hayotimiz bor. Unga yaxshi munosabatdaman, farzandlarimning mehribon otasi. Doim yaxshi turmush o‘rtoq bo‘lgan, shu tomonlama uni hurmat qilaman”, — dedi Lola.“Eng muhimi, biz ajralishdan so‘ng ham bir-birimizga bo‘lgan hurmatni saqlab qoldik. O‘rtada farzandlarimiz bor, shu sabab bugungacha gaplashib turamiz. U dam olish kunlarini bolalarimiz bilan birga o‘tkazadi”, — dedi xonanda.“Bilasizmi, er-xotin ajrashayotgan paytda, qiyin daqiqalarda avvalgi mehr-oqibat, bir dasturxondan choy ichgani, bir yostiqqa bosh qo‘ygani, bir umrga ularni bog‘laydigan farzandlari borligini unutib qo‘yadi”, — deydi Lola.“Aslida, ajrim boshiga tushgan ayol bilan erkak, hech bo‘lmasa, farzandlari oldida samimiy munosabatni saqlab qolishlari kerak. Axir bolalarimiz bizdan andoza oladi”, — dedi xonanda.“To‘yi bo‘layotgani, turmush qurayotganiga kelsak, unga faqat baxt tilayman, uning baxtli bo‘lishini xohlayman. Nasib bo‘lsa, men ham bir kun kelib, o‘z qalbim sohibi bilan oila quraman, bundan u ham mamnun bo‘ladi, degan fikrdaman”, — deya qo‘shimcha qildi Lola.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Lola
Просмотров: 2758 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:16
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz