Rossiyada 23 yoshli xokkeychi mashg‘ulotdan keyin vafot etdi Mp3lar.Com


Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida “Sputnik” xokkey klubining 23 yoshli o‘yinchisi Sergey Simonov olamdan o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.

Xabarda aytilishicha, Simonov shahar shifoxonasida operatsiyadan keyin vafot etgan, ammo tafsilotlar keltirilmayapti.

Xokkeychining o‘limi yuzasidan Tergov qo‘mitasi tekshiruv ishlarini boshladi. Qo‘mitaning Sverdlovsk viloyatidagi vakili Simonov mashg‘ulotdan keyin shifoxonaga tushib qolganini tasdiqladi, ammo o‘lim sabablari hali aniqlashtirilmaganini aytib o‘tdi. Tergov qo‘mitasi vakili barcha ekspertizalar tayinlangani, tez orada guvohlar so‘roq qilinishini qo‘shimcha qildi.

Sergey Simonov Oliy xokkey ligasida “Lada”, “Lipetsk” va “Sariarka” jamoalarida o‘ynagan. 2015/16-yilgi mavsumni “Kristall”da boshlagan, keyinroq esa “Sputnik” klubiga o‘tgandi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: xokkeychi, Rossiya
Просмотров: 1655 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:33
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz