Loladan uzoq kutilgan video klip "Sevgimsan" Premyera


Estradamizning porloq yulduzi, latofatli Lola bugun uzoq kutilgan videoklipni saytimiz orqali taqdim etishga ahd qildi. Allaqachon xalqimizning sevimli taronasiga aylanib ulgurgan “Sevgimsan” kompozisiyasiga ishlangan videoklipidir.

Mazkur videoklipda bosh rolni Lola, shu klip uchun taklif etilgan sirli aktyor bilan birga ijro etgan edi. Uch kun davomida “O‘zbekfilm” povilonida tasvirga olingan mazkur videoasarning sirli qahramoni bu qahramon Andrey Kabanov bo‘lib, u mazkur klip uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

“Sevgimsan” taronasiga videoklip suratga olish jarayoniga qatnashgan ijodiy jamoaga to‘xtaladigan bo‘lsak, rejissyor va operator Yodgor Nosirov, grafika rejissyori Arabshoyev Davlat, stilistlar esa Renata Iskandarova hamda Madina. Liboslar bo‘yicha rassom Hilola Sher, grim bo‘yicha rassom Yekaterina Seryakova va Anna. Dizayner Zulfiya Sulton, vizajist Timonina Diana, Dekorator Husan Po‘latov. Ayni damda, ushbu klipdan bahramand bo‘ling va o‘z fikr-mulohazalaringizni bildiring. Eslatib o‘tamiz, tarona so‘zlari Ilhom Yo‘lchiev ya’ni Dj Piligrim qalamiga mansub. Musiqani ham Dj Piligrim bastalagan. Aranjirovkasi esa Jasur Badalboyev tomonidan amalga oshirilgan.

 


Категория: MP3 PREMYERA | Теги: Lola, Sevgimsan
Просмотров: 1499 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz