Samsung “aqlli” kiyim-kechaklarni namoyish etdi


Samsung kompaniyasi CES 2016 iste’molchilar elektronikasi ko‘rgazmasida qator qurilmalar bilan birga, “aqlli” kiyim-kechaklarni ham taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Ishlab chiqaruvchi, shuningdek, quyosh batareyalari o‘rnatilgan klatch (qo‘lda olib yuriladigan sumkacha)ni namoyish qildi — uning yordamida smartfon, planshet va boshqa gadjetlarni quvvatlantirish mumkin.
“Aqlli” kiyim-kechaklar The Human Fit brendi ostida chiqariladi. Ular erkaklarning NFC-datchiklariga ega ish kostyumlari, shuningdek, golf va fitnes uchun kiyimlarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu datchiklar potensial mijozlar yoki sheriklar bilan tez axborot almashish imkonini beradi. Sport kiyimlari esa jismoniy faollik ko‘rsatkichlarini kuzatib boruvchi sensorlar, shuningdek, GPS-modullar bilan jihozlangan.
Yana bir yangilik — Welt “aqlli” kamaridagi datchiklar belni o‘lchaydi, organizm ishining ko‘rsatkichlarini kuzatib, parhez va jismoniy faollik bo‘yicha maslahatlar beradi.
Ayollar sumkasi olti burchakli quyosh batareyalariga ega bo‘lib, unga Samsung’ning eng katta plansheti ham sig‘adi. Energiya ichki akkumulyatorga to‘planadi. Klatch ichkarisida microUSB quvvat konnektori mavjud.

 


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: samsung, aqlli kiyim-kechaklar
Просмотров: 1998 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:48
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz